MULKCHILIK MUNOSABATLARI VA ULARNI TARKIBI Reja: 1. Mulkchilik munosabatlari. Mulk obyekti va subyekti. 2. Mulkchilikning turli shakllari. 3. O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo'llari, usullari. Bu- mulkga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish jarayonida vujudga kekadigan iqtisodiy munosabatkardir. Mulkchilik munosabatlari: Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni quyidagilarni tashkil qiladi: egalik qilish foydalanish tasarruf etish Egalik qilish. Mulkdorlik huquqini uning egasi qo'lida saqlashni bildiradi.Ayrim xollarda mulkga egalik qilish uning egasi qo'lida saqlanib undan amalda foydalanish esa boshqalar qo'lida bo'ladi. Masalan ijaraga berilgan mol-mulk. Foydalanish: Bu mol-mulkni iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo'llanilishi. Mol-mulkdan foydalanishda undan daromad olish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi. Mulkni tasarruf etish: Mol-mulk taqdirini mustaqil xal qilishdir. Ya'ni: mol-mulkni sotish, meros qoldirish, xadya qilish, ijaraga berish. Mulk obyekti. Mulkga aylangan barcha boylik turlari. Bunga inson yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar,tabiiy boyliklar, aqliy mehnat maxsuli va boshqalar kiradi. Jamiatda ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo'lgan, mulk obyektini o'zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo'lib ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo'lishlari mumkin. Ayrim kishilar oila va hatto davlat ham mulkchilik subyektini tashkil qilishi mumkin. Mulk subyekti. Qonunda mulklar quyidagi guruhlarga taqsimlanadi: 1. Davlat mulki 2. Jamoa mulki 3. Xususiy mulk 4. Shaxsiy mulk 5. Aralash mulk O'zbekiston Respublikasi Mulkchilik to'g'risidagi qonun Davlat mulki. Davlatga tegishli bo'lgan mulkga egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish davlat ixtiyoroda bo'ladi. Jamoa mulki. Muayyan maqsadda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni xamjihatlik bilan o'zlashtirish.Buning abzallig tomoni shundaki ishlab chiqarish vositalari va mehnat maxsuliga ayrim shaxslar emas, ma'lum guruh kishilari egalik qiladi. Bunga: Koorperetivlar, ijara va jamoa korxonalari, aksionerlar jamiyati va shirkatlarning jamoa tashkilotlari, daniy tashkilotlarning mulklari kiradi. Shaxsiy mulk. Fuqarolar mulki bo'lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Xususiy mulk. Yollanma mehnatga asoslangan va o'z egasiga foyda keltiradigan mulk. Qonunda xususiy mulki bo'lgan, mol-mulkining miqdori va qiymati cheklanmasligi belgilangan. O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish yo'llari va usullari. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan davlatning monopol xukmronligiga chek qo'yib jamiyatda faollik ko'rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo'l va imkoniyatlar ochib berishidan iborat. Xususiylashtirish davlat mulkini ma'lum darajada haqiqiy egalariga- fuqarolarga berish demakdir. O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish dastur asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1992-1993-yllar xususiylashtirishning 1-bosqichini o'z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalari hamdaqishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oladi. 1994-1995-yillar 2-bosqichga to'g'ri keladi. Bu davrda ko'plab yirik va o'rta ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.11 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.11 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: pptx