Bajardi: Shukurova Shoxista Rahbar: Tagayev G TAQDIMOT O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OShIRISh INSTITUTI IJTIMOIY FANLAR VA MA'NAVIYAT ASOSLARI» KAFEDRASI SAMARQAND-2013 Mavzu:O'zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar Reja O'zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy ytuqlari. O'zbekistonda zamonaviy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi. O'zbekistonda tashqi savdoning rivojlanishi. 3 O'zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik rivojlanishining 200-2010 yillardagi asosiy ko'rsatkichlari 2004 yili mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini ko'paytirish, qishloq xo'jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovar va valyuta bozorlarini erkinlashtirish, ma'muriy islohotlarni keng joriy etish tufayli ijtimoiy-iqtisodiy sohada muayyan ijobiy o'zgarishlarga erishildi. Iqtisodiy o'sishning barqaror yuqori sur'atlari ta'minlandi va 2004 yil yakunlari bo'yicha 7,7 foiz o'sdi. Sanoat ishlab chiqarishi - 9,4, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish - 13,4, aholiga pullik xizmatlar ko'rsatish - 13,8, chakana tovar aylanmasi hajmi - 4,7, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o'sishi 5,2 foizni tashkil qildi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi. Iste'mol narxlari inflyatsiyasi 3,7, davlat byudjeti taqchilligi 0,4 foizni tashkil etdi. 2004 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Ko'rsatkichlar 108,2 O'sish sur'atlari 107,0 Yalpi ichki mahsulot 11,4 Sanoat mahsulotlari 106,8 Iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish 116,2 Qishloq xo'jaligi mahsulotlari 114,2 Chakana savdo aylanmasi 121,4 Pullik xizmatlar Eksport Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o'zgardi. Ushbu tizimda etakchilik roli fermer xo'jaliklariga o'ta boshladi. Bu, o'z navbatida, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining 10,1 foiz o'sishini ta'minladi. 2005 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish O'tgan davr mobaynida ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi. 7,7 ming nafar o'quvchiga mo'ljallangan 38 ta yangi umumta'lim maktablari foydalanishga topshirildi, 38,2 ming o'quvchiga mo'ljallangan 119 maktab rekonstruksiya qilindi, 137 ta maktab kapital ta'mirlandi, 2,1 ming nafar o'quvchiga mo'ljallangan 2 ta akademik litsey, 2 ta tasviriy va amaliy san'at litsey-internati, 1,8 ming nafar o'quvchiga mo'ljallangan 12 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi va rekonstruksiya qilindi, 26 ta o'rta maxsus ta'lim muassasasi kapital ta'mirlandi. 2005 yilda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari 7 foizni, inflyatsiya darajasi esa 7,8 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, jumladan, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 17,7 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish esa 6,2 foizga o'sgani quvonchli hol, albatta. 2005 yil davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan kutilgan 1 foiz taqchillik o'rniga 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi, uning daromad qismi esa prognoz ko'rsatkichlaridan 39 foiz ziyod bo'ldi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2005 yilda tadbirkorlik uchun qulay muhitni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yagona soliq to'lovi joriy etilishi tufayli soliq idoralariga taqdim etilishi zarur bo'lgan hisobotlar soni 10 marta qisqardi. Natijada ro'yxatga olingan kichik ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1012.89 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1012.89 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: pptx