O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar slayd

O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar slayd

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar slayd - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSIDA AMALDA BO'LGAN SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO'LOVLAR 1) Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari. 2) O'zbekiston Respublikasi soliq tizimida amalda bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar, ularni byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati. 3) Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni guruhlanishi. 4) Soliq to'lovchilarning huquq va majburiyatlari. REJA: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari Soliqlar majburiy pul to'lovlarini ifoda etuvchi moliyaviy munosabatlardan iborat bo'lib, bu munosabatlar soliq to'lovchilar va davlat byudeti o'rtasida namoyon bo'ladi. Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo'lishi va uning faoliyatini davomiyligi bilan bevosita bog'liq. Soliqlar davlat daromadlarini shakllantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Davlatchilik munosabatlarini rivojlanishining hech bir davrida va hozirgi vaqtda ham davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning soliqlardan samarali mexanizmi mavjud emas. Soliq tushunchasi Soliqlar deganda Soliq Kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg'araz xususiyatga ega bo'lgan, byudjetga yo'naltiriladigan majburiy pul to'lovlari tushuniladi. Boshqa majburiy to'lovlar deganda Soliq Kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy pul to'lovlari, bojxona to'lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to'lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to'lanishi lozim bo'lgan yig'imlar, davlat boji tushuniladi. Soliqlarni belgilari va funksiyalari Soliqlarni quyidagi asosiy belgilari mavjud: 1) Soliqlarning majburiyligi 2) Soliqlarning ekvivalentsizligi Soliqlarni funksiyalari: 1) Fiskal; 2) Tartibga solish 3) Rag'batlantirish 4) Nazorat Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning elementlari Soliq yoki boshqa majburiy to'lov soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarida soliq to'lovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy to'lovni hisoblab chiqarish va to'lash uchun zarur elementlar belgilab qo'yilgan taqdirdagina belgilangan deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning elementlari quyidagilardir: - soliq solish obyekti; - soliq solinadigan baza; - stavka; - imtiyoz; - hisoblab chiqarish tartibi; - soliq davri; - soliq hisobotini taqdim etish tartibi; - to'lash tartibi. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimida amalda bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq uning hududida bir qator soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar amal qiladi, ya'ni ularga: Umumbelgilangan soliqlar: 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i; 2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i; 3. Qo'shilgan qiymat solig'i; 4. Aktsiz solig'i; 5. yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar; 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7. Mol-mulk solig'i; 8. yer solig'i; 9. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i; 10. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimida amalda bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar Boshqa majburiy to'lovlar: 1. Yagona ijtimoiy to'lov; 2. Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'o'rta ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 198.23 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 198.23 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga