O'zbekistoning investitsiya siyosati Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Reja Investitsiya siyosatining mohiyati. Investitsiya tushunchasi va turlari Investitsiya manbalari. O'zbekistonda investitsiya faoliyatining o'ziga xos jihatlari. Xorijiy investitsiyalar 2 Investitsiya siyosati Faol investitsiya siyosatini yuritish barqaror iqtisodiy o'sish suratlarini ta'minlash, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va uni diversifikatsiyalashning muhim omillaridan hisoblanadi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy o'sish suratlarini ta'minlash, iqtisodiyot tarkibida chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, mavjud tabiiyiqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. 3 Investitsiyalarning ahamiyati Investitsiya faoliyatining uzluksiz va samarali rivojlanishi milliy iqtisodiyot barqaror faoliyat ko'rsatishining zaruriy sharti hisoblanadi. Investitsiyalardan foydalanish miqyosi, tarkibi va samaradorligi ko'p jihatdan milliy iqtisodiyotning holati, istiqboli va raqobatdoshligini belgilab beradi. 4 Investitsiyalarning ahamiyati Investitsiyalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ta'minlashning muhim omili hisoblanadi. Chunki asosiy kapitalning eskirgan qismini yangisi bilan almashtirish, ularni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi ishlab chiqarish vositalarini ishga tushirish, ishlab chiqarishga yangi boshqaruv usullarini joriy etish lozim. 5 Investitsiya atamasi Investitsiya jarayoni tabiatini o'rganish uchun «investitsiya» atamasining mohiyatini tushunib olish lozim. U lotin tilidagi «Invest» so'zidan kelib chiqib, «mablag' kiritish», «mablag'larni joylashtirish» manosini bildiradi. 6 Investitsiya turlari Investitsiyalar - foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlari va boshqa faoliyat turlariga kiritiladigan pul mablag'lari, maqsadli bank qo'yilmalari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, shu jumladan tovar belgisi, kreditlar, boshqa har qanday mulk yoki mulkiy huquq, intellektual boyliklardir. 7 Investitsiya turlari Moliyaviy investitsiyalar - mablag'larni moliyaviy aktivlarga kiritishdir. Ular aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarga mablag' kiritishni o'zida mujassam etadi. Moliyaviy investitsiyalarning maqsadli ishlatilishi aniq bir yo'nalishga ega emas. Ular kapital qo'yilmalarning qo'shimcha manbai ham, qimmatli qog'ozlar bozorida birja o'yinlarining predmeti ham bo'lishi mumkin 8 Investitsiya turlari Uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalar shaklidagi investitsiyalar deganda davlat qimmatli qog'ozlari (obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari), boshqa korxonalarning qimmatli qog'ozlari va Nizom kapitaliga kiritilgan mablag'lar, shuningdek, mamlakat ichkarisida va xorijda korxonalarga taqdim etilgan qarz mablag'lari tushuniladi 9 Investitsiya turlari Real investitsiyalar deganda barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib olishga kiritilgan mablag'lar tushuniladi. Moddiy investitsiyalar asosiy kapital elementlarini barpo etish va sotib olishga sarflanadi. Odatda, ular investitsiya loyihasi doirasida amalga oshiriladi. Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy nematlar yaratish bilan bog'liq bo'lib, unda kapital mablag'lar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, yangi mahsulotlarning sanoat namunasini yaratishga kiritiladi. 10 Investitsiya turlari Investitsiyalash jarayonida ishtirok etish xarakteriga ko'ra investitsiyalar bevosita va bilvosita investitsiyalarga bo'linadi. Bevosita investitsiyalarda investor investitsiyalash obyektini ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
115.58 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
115.58 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: pptx