Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili

Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili - rasmi

Material tavsifi

PUL-KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI. Reja: Pul-kredit siyosati - bu pullarga bo'lgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yig'indisidir. 1. 1. Pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari Restriktsion pul-kredit siyosati deganda, odatda, muomaladagi pul massasining o'sish sur'atlarini jilovlashga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi. Ekspansionistik pul-kredit siyosati deganda muomaladagi pul massasining multiplikativ kengayishini ta'minlash asosida to'lovga qobil talabni rag'batlantirishga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi. 1.2. Pul-kredit siyosatining taktik maqsadlari Monetarizm pul-kredit konsepsiyasining asoschisi bo'lgan M. Fridmen va uning izdoshlari Markaziy banklar faoliyatini tubdan isloh qilishni taklif qiladilar. Ularning fikriga ko'ra, Markaziy bank hukumatning iqtisodiy siyosatini qo'llab-quvatlashlari shart emas. Shu tufayli, ular Markaziy bank hukumat xarajatlarini moliyalashtirish jarayonida umuman ishtirok etmasliklari zarur, degan g'oyani ilgari suradilar. Monetarizm pul-kredit konsepsiyasining asoschisi bo'lgan M. Fridmen va uning izdoshlari Markaziy banklar faoliyatini tubdan isloh qilishni taklif qiladilar. Ularning fikriga ko'ra, Markaziy bank hukumatning iqtisodiy siyosatini qo'llab-quvatlashlari shart emas. Shu tufayli, ular Markaziy bank hukumat xarajatlarini moliyalashtirish jarayonida umuman ishtirok etmasliklari zarur, degan g'oyani ilgari suradilar. M. Fridmen Markaziy bank tomonidan hukumat xarajatlarining moliyalashtirilishini pul muomalasini izdan chiqaruvchi omil, deb hisoblaydi. M. Fridmen, A. Shvarts bilan amalga oshirgan tahlillarining natijalariga asoslangan holda, Markaziy bank pul massasining barqaror o'sishini ta'minlashi kerak, degan xulosaga keldi. Bu qat'iy belgilangan qoidaga asosan amalga oshirilishi va aniq miqdorga ega bo'lishi kerak edi. Pul-kredit siyosatining taktik maqsadlarini tanlashning asosiy shart-sharoitlaridan biri davlat byudjeti defitsitining mavjudligi va darajasidir. 1.3. Pul-kredit siyosatining maqsadli ko'rsatkichlari (indikatorlari) Indikator so'zi lotincha «indicator» degan so'zdan olingan bo'lib, ko'rsatkich degan ma'noni anglatadi. Frantsiyalik mutaxassislar I. Bernar va J. Kolli tomonidan indikator tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: «indikator umumiy iqtisodiy siyosatni o'tkazish va uning natijalarini baholash uchun o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan, iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar evolyutsiyasining raqamli ko'rsatkichidir». A. N. Azriliyan tahriri ostida chop tilgan «Bolshoy ekonomicheskiy slovar»da ham indikator tushunchasi iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar o'zgarishining raqamli ko'rsatkichi sifatida talqin etilgan . Indikator tushunchasining yuqorida keltirilgan talqiniga asoslangan holda, pul-kredit siyosatining indikatoriga quyidagicha ta'rif berish mumkin: «Markaziy bank pul-kredit siyosatiining indikatori - bu milliy valutaning va mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash tadbirlarining samaradorligini baholashda o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan moliyaviy miqdorlar o'zgarishining raqamli ko'rsatkichidir». Hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatining indikatori sifatida asosan pul massasining o'sishi, milliy valutaning almashuv kursi, inflatsiya darajasi ko'rsatkichlaridan foydalanilmoqda. 2.1. Pul-kredit siyosati vositalari (instrumentlari) ning turkumlanishi Iqtisodiy adabiyotda pul-kredit siyosati vositalari, ya'ni instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan: Pul-kredit siyosatining an'naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi: 2.2. Pul-kredit siyosatining an'anaviy instrumentlari. Qayta moliyalash siyosati. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.92 MB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.92 MB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga