Qo'shilgan qiymat solig'i

Qo'shilgan qiymat solig'i

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Qo'shilgan qiymat solig'i - rasmi

Material tavsifi

Toshkent moliya instituti Qo'shilgan qiymat solig'i 1. Qo'shilgan qiymat solig'i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi. 2. Soliq to'lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq stavkalari. 3. Soliq imtiyozlari. 4. Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash tartiblarining o'ziga xos xususiyatlari. 5. Qo'shilgan qiymat solig'ini byudjetga to'lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to'ldirish tartibi. 6. Import tovarlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash tartibi. 7. Qo'shilgan qiymat solig'ining xorijiy davlatlarda undirishning ijobiy tajribalarini o'zlashtirish masalalari. Hozirgi vaqtda O'zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida bilvosita soliqlarning asosiy turlaridan biri - qo'shilgan qiymat solig'i hisoblanadi. Qo'shilgan qiymat solig'i - har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko'p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo'jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot ishlab chiqaradi, ishlar bajaradi yoki xizmatlar ko'rsatadi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo'shilgan qiymat yaratiladi. Qo'shilgan qiymat o'zining iqtisodiy mohiyatiga ko'ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o'rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma'lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o'tadi, bu bosqichlarning har birida qo'shilgan qiymat yaratiladi Qo'shilgan qiymat solig'ining to'lovchilari bo'lib, amaldagi qonun hujjatlariga asosan ushbu soliqni byudjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan: soliq solinadigan oborotlarga ega bo'lgan yuridik shaxslar; Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga O'zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo'shilgan qiymat solig'i to'lash bo'yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar; tovarlarni O'zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar (o'z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno); oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayot­ganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi). Quyidagilar qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar hisoblanmaydi: notijorat tashkilotlar. Yuqorida 2 va 3-bandlarda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotini hamda Soliq kodeksi 199-moddasi birinchi qismining 5 va 6-bandlarida ko'rsatilgan oborotlarni amalga oshirganda notijorat tashkilotlar ushbu oborotlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar bo'ladi. Bunda Soliq kodeksining 132-moddasida ko'rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi; Qo'shilgan qiymat solig'idan bosh­qa soliq turlariga nisbatan ko'proq imtiyozlar ko'zda tutilgan bo'lib, ular Soliq kodeksida to'rt guruhga bo'lib berilgan. soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) reali­zatsiya qilish oboroti (208-modda); soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209-modda); soliqdan ozod etiladigan sug'o'rta ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 596 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 596 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga