Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va o'rganish usullari Reja: Soliqlar va soliqqa tortish fanini o'rganish usullari Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va vazifalari Soliqlar va soliqqa tortish fanini o'qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi. 2 Soliqlar - bu majburiy to'lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida bo'ladi. Soliq munosabati bo'lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash yo'li bilan majburan davlat byudjetiga mablag' to'plash jarayonini amalga oshiradi. Soliq kategoriyasi - bu muhim iqtisodiy jarayon bo'lib, uning paydo bo'lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog'liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatini moddiy jihatlarini ta'minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir davlat tomonidan o'ziga xos tarzda foydalaniladi. Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan qo'yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi tobora murakkab va ko'p qirrali bo'lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixidan ma'lumki, davlat boshqaruvining ma'muriy tizimida ham soliqlar davlat daromadlarini shakllantirishninh muhim vositasi bo'lib xizmat qilgan. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o'qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi va unda soliqlarning ahamiyatini o'sib borayotganligidan kelib chiqadi. Soliqlar va soliqqa tortish fani soliq voqe'liklarini (harakatlarini) chuqur o'rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo'llarini o'rgatadi. Fanning predmeti - bu soliq to'lovchilarning soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha davlat byudjeti bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini nazariy hamda amaliy jihatdan o'rganishdan iborat. Fanning vazifasi soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo'l-yo'riqlar ko'rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o'rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar chiqarish, ularning tajribalarini amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir. Demak, fanning asosiy vazifasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlashdir. Fan quyidagi fanlar bilan o'zaro bog'liq Umumiy usullar: 1) Dialektik usul: a) Induksiya b) dediksiya 2) Ilmiy abstraksiya usul Alohida usullar: 1) taqqoslash, 2) statistik, 3) grafik, 4) jadval, 5) analiz va sintez. 1 2 Soliqlar va soliqqa tortish fanini o'rganish usullari Usullar Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo'lsa - bu induktsiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy hollarni o'z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu - deduktsiyadir. Dialektik usul shuni ko'rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.1 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.1 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: ppt