O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Toshkent DAVLAT iqtisodIYoT UNVYeRSITYeTI xalqaro turizm fakulteti Mikroiqtisodiyot fanidan Mavzu: Talab va taklif elastikligi Kichik guruh a'zolari: Mashrabaev Nodirbek guruhi: TU-62 Mirhosilova Nasiba guruhi: TU-62 Muzaffarov Nasrulloxon guruhi: TU-62 Ozodov Ozod guruhi: TU-62 Nizomov Nizom guruhi: TU-62 Komissiya a'zolari: Toshkent-2018 Talab va taklif elastikligi RYeJA: Kirish Elastiklik tushunchasi va turlari. Narxga ko'ra talab elastikligi. Daromadga ko'ra talab elastikligi va kesishgan talab elastikligi. Talabning narx bo'yicha elastikligi yordamida daromadlarni tahlil qilish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi rivojlanib borayotgan bozor sharoiida korxona ish faoliyatini boshlashda talab va taklifni va ularning elastikligin o'rganish muhimdir. Bozorda talab va taklifga ta'sir etuvchi omillarni yaxshi bilish narxlar o'zgarishining mahsulot ishlab chiqarish va uning samaradorligiga ta'sirini o'rganishda katta ahamiyatga egadir. Taqdimotning maqsadi - bozor munosabatlaridan kelib chiqib biz taqdimotda daromadga ko'ra talab elastikligini, taklifning qanday xollarda ortishi va kamayishini, talabning narx bo'yicha elastikligi yordamida daromadlarni tahlil qilishni o'rganishni maqsad qilib qo'ydik. Taqdimotning vazifalari. Maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot oldiga qo'yilgan vazifalar: elastiklik tushunchasi va turlarini o'rganish; nuqtaviy, yoysimon va uzluksiz funksiya sifatidagi talab elastikligini o'rganish va ularni hisoblash; talabning narx bo'yicha elastikligi yordamida daromadlarni tahlil qilish; iste'molchi va ishlab chiqaruvchilar talab va takliflarini elastikligini o'rganish orqali xulosalar shakllantirish. Tadqiqotning predmetini bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan narxlarning shakllanishi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar tashkil qiladi. Tadqiqot obyekti qilib bozor va bozor muvozanatidagi barcha tashkilot, korxonalar tanlandi. Mavzuga oid adabiyotlarning qisqacha sharhi. Bozorda talab va taklifning elastikligiga ta'sir etuvchi omillar hamda ularni tahlil qilish va o'rganish borasida bir qator adabiyotlarda ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, chet ellik iqtisodchi olimlar Campbell R. McConnell, Hal R. V. Economics , Nosova S.S., Mikroekonomika. kabi adabiyotlardan foydalandik shunindek, hozirda korxonalar faoliyatini rivojlantirishda hamda ularning raqobatbardoshligini oshirishda va bozorda o'z o'rnini topishida, ularni qo'llab quvvatlash borasidagi prezidentimiznin oliy majlisda so'zlagan nutqlardan ham foydalandik.1 1. Mirziyoev Sh.M., Erkin va farovon O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oliy Majdis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq -T.: O'zbekiston, 2016. -56 b. Masalan, qandning narxi 10 %ga oshsa unga bo'lgan talab qanday o'zgaradi? Yoki iste'molchining daromadi 15 %ga oshsachi? Bu savollarga elastiklik tushunchasi orqali javob topishi mumkin. Elastiklik - bir o'zgaruvchining boshqa bir o'zgaruvchi ta'sirida o'zgarishini miqdoriy jihatdan o'lchaydigan ko'rsatkichdir. Masalan, tovarning narxi 1 foizga oshganda unga talab necha foizga o'zgarishini narxga bog'liq talab elastikligi yordamida aniqlash mumkin. Bu yerda: Q% - talab miqdorining foizda o'zgarishi; P% - narxning foizda o'zgarishi. Narxga ko'ra ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: ppt