Ukraina byudjet tizimi Tulyaganov Tuygun Sobirovich Ukraina (ukr. Україна) - Yevropaning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 596,06 ming km². Ukraina Davlat statistika xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yil 1-iyun holatiga ko'ra - 41 861 195 doimiy aholi va 42 030 832 kishi. Poytaxti - Kiyev shahri. Ma'muriy jihatdan 23 viloyat va Kiyev shaharlariga bo'linadi. U aholi soni bo'yicha dunyoda 38-chi, hududi bo'yicha 44-o'rinni egallaydi. Ukraina Evropadagi eng katta davlat bo'lgan birinchi hudud Ukraina - respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996 yil 28 iyunda qabul qilingan. Davlat boshlig'i - prezident (2014 yil yanvardan Petro Poroshenko), u to'g'ri va yashirin ovoz berish yo'li bilan 5 yil muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Rada (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari 200 yil boshlarida Ukrainada 100 dan ortiq siyosiy partiya, 1,5 ming jamoat tashkiloti bo'lgan. Eng ommaviy va nufuzli siyosiy birlashma va partiyalari: Ukraina Xalq Pyx (Ukraina Xalq Harakati) harakati (1989), Kommunistik partiya, Sotsialistik partiya (1991), Umumukrain birlashmasi - Batkivshchina (Vatan, 199), Sotsialdemokratik partiya (birlashgan, 1995), Regionlar partiyasi (2001), Ko'katparvarlar partiyasi (1990). Ukraina kasaba uyushmalari federatsiyasi (1990) va bir qancha mustaqil tarmoq kasaba uyushmalari ham mavjud. Davlat bayrog'i Davlat gerbi Shior: Воля, злагода, добро Uzbekcha: Iroda, Rozilik, Yaxshilik Ukraina - industrialagrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoat 30%, qishloq xo'jaligi 14%, xizmat ko'rsatish sohasi 56% ni tashkil etadi. Ogir industriyada ishlab chiqarish sanoatining ulushi juda katta. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning ulushi ortib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning Zenit eltuvchi raketasi yordamida xalqaro Dengiz starti loyihasining amalga oshirilishi ta'minlanmoqda. Qishloq xo'jaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Ukrainaning qishloq xo'jaligiga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bug'doy, makkajo'xori, sholi, arpa, tariq, grechixa va boshqa yetishtiriladi. Bog'dorchilk, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zig'ir, qo'noq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. O'rmondasht va dasht zonalarida dorivor va efirmoyli o'simliklar ekiladi. Chorvachilikda qoramol, cho'chqa, qo'y va echki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan dasht zonasida, Karpat tog'lari va Polesyeda rivojlangan. Asalarichilik, pillachilik, darrandachilik bilan ham shug'ullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi. Qishloq xo'jaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Ukrainaning qishloq xo'jaligiga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bug'doy, makkajo'xori, sholi, arpa, tariq, grechixa va boshqa yetishtiriladi. Bog'dorchilik, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zig'ir, qo'noq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.08 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.08 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: pptx