Mavzu: xalqaro valyuta fondi Terminlar XVF - azo davlatlar o'rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va moliyaviy yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan hukumatlararo tashkilot; SDR - XVF tomonidan tashkil etilgan xalqaro rezerv atkivlar Kvota - XVFga azo mamlakatlarning SDRda qo'shgan ulushi, har 100 ming kvotaga 1 ta ovoz to'g'ri keladi. XVF 1944 yil iyulda Bretton-Vuds (AQSH, Nyu-Gempshir shtati)da tashkil topgan, qarorgohi Vashingtonda joylashgan. XVF - hukumatlararo korporativ valyuta-moliyaviy tashkilot bo'lib, faoliyati davlatlararo vujudga keladigan, to'satdan ro'y beruvchi va oldindan bilish mumkin bo'lmagan milliy valyo'talarning o'zgaruvchanligi, davlatlarnpng milliy valyo'talarini almashtirpsh doirasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. XVFning maqsadi 1. xalqaro savdoning o'sishiga yordam ko'rsatish; 2. Milliy valyo'talar qadrini bir me'yorda ushlab turishga ko'maklashish; 3. Jamg'armaga azo davlatlarning joriy hisob-kitoblarini amalga oshirish jarayonida ko'p tomonlama tizimni tashkil etishga ko'maklashish; 4. xalqaro savdoning rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi omillar, valyo'talar borasidagi to'siqlar vujudga kelmasligiga yordam berish; 5. Savdo va to'lovlar doirasidagi to'siqlar vujudga kelmasligi uchun azo davlatlarga kredit resurslartni berish; 6. xalqaro valyuta doirasida vujudga keluvchi muammolarni yechish borasida maslahat-forumlar o'tkazish. XVF o'z operatsiyalarini 1947 yilning mart oyidan boshlagan. 1947 yili XVFga 49 mamlakat azo hisoblanib, tashkilotning asosiy kapitali 7,7 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi. Hozirgi kunda 181 mamlakat 145,3 mlrd. SDR miqdoridagi kvota summasi bilan Fondning azosi hisoblanadi. XVF moliyalashtirish manbalari XVFning moliyalashtirish mablag'lari azo davlatlar tomonidan to'lanadigan badallar hisobiga tashkil etiladi. Unga azolik to'lovlari miqdori iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Azolik to'lovlarining 25 foizi zaxira aktivlari bo'yicha to'lanib, SDR yoki shunga teng keladigan valyo'talar shaklida, qolgan qismi davlatning milliy valyutasida to'lanadi. XVFning pul mablag'lariga bo'lgan zaruriyati har 5 yilda tekshnriladi. XVFda yirik ulushga ega bo'lgan mamlakatlar Hozirgi kunda SDR 4 ta asosiy valyo'talardan tashkil topgan va uning hisoblanishi quyidagicha: SDRning kursi savatdagi valyo'talarning pozitsiyalariga nisbatan hisoblanadi. SDR kursi kunlik hisoblanadi va savatdagi valyo'talar 5 yilda bir marta ko'rib chiqiladi. Wednesday, March 26, 2008 Currency units per SDR for January 2008 Azo-mamlakatlar XVFning kredit resurslariga bo'lgan yo'l malum shartlar bilan chegaralangan. Dastlabki Nizomga ko'ra, ular quyidagilardan tashkil topgan edi: Birinchidan, 12 oyga azo-mamlakat tomonidan valyuta summasi mamlakat kvotasi kattaligining 25 %idan oshmasligi kerak; Ikkinchidan, bu davlatning umumiy valyuta summasi XVF aktivlarida uning valyuta kattaligining 200% idan oshmasligi kerak (Fondga badal sifatida kiritilgan 75% kvotani o'z ichiga olgan holda), yani boshqacha qilib aytganda, azo-mamlakatning milliy valyutasi yil davomida kvotaning 25%idan oshmasligi kerak. Kreditlar bo'yicha foiz stavkalari daromadlar va xarajatlar bahosi asosida har bir moliyaviy yil davomida aniqlanadi. Birinchi shart 1978 yili qayta ko'rib chiqilgan Nizomda bekor qilingan ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
215.24 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
215.24 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: ppt