Xizmatlar sohasining rivojlanish tendensiyasi Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Reja Xizmatlar tushunchasining mohityati. Xizmat turlari Xizmatlar sohasining iqtisodiyotda tutgan o'rni. Xizmatlar sohasining rivojlanish ko'rsatkichlari. Turizm xizmatlar sohasining muhim tarmog'i siaftida. 2 Xizmatlar tushunchasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatish sohasi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning muhim manbai va omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu soha yalpi ichki mahsulotni shakllantirish va o'stirish, aholi bandligini ta'minlash, odamlarning farovonligini oshirishda yetakchi o'rin egallamoqda. 3 Xizmatlar tushunchasi Xizmatlar - bu nomoddiy ko'rinishga ega bo'lgan, ta'minotchi tomonidan iste'molchiga ko'rsatiladigan muayyan faoliyat natijasidir. Xizmatlarni jamg'arib qo'yib bo'lmaydi, ularning doimiy o'zgarmaydigan sifatini ta'minlash qiyin, shuningdek, xizmat ko'rsatuvchidan ajralgan holda u yuzaga chiqmaydi. 4 Xizmatlarning jihatlari 1. Yuqori daromadlilik va likvidlilik; xizmatlar ularni ishlab chiqarish jarayonining o'zida istemol qilinadi. 2. Xizmatlarda material sig'imining nisbatan kamligi. 3. Ko'rsatilgan xizmatlarga qisqa vaqtda haq olinishi va haq to'lanishi. 5 Xizmatlar tushunchasi Aholi va korxonalar xizmatlarni istemol qilish darajasi ortib borishi iqtisodiyotda xizmatlar sektorining roli va o'rni kuchayayotganligini bildiradi. Xizmatlarning ahamiyati ularning aholi uchun muayyan iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratib berish imkoniyatlari o'zgarayotganligi bilan ham baholanadi. 6 Xizmatlar sohasi Xizmatlar sohasini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: Moddiy xizmatlar ishlab chiqarish - transport, savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy-kommunal, maishiy xizmatlar va boshqalar. Nomoddiy xizmatlar ishlab chiqarish - boshqaruv, ta'lim, sog'liqni saqlash, fan, san'at, ijtimoiy xizmat ko'rsatish, audit, sug'o'rtalash, moliyaviy xizmatlar va boshqalar. 7 Xizmatlar sohasi Aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar esa o'z vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Moddiy xizmatlar. Moddiy xizmatlar iste'molchilarning moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlardir. Ularga uy-joy-kommunal xizmatlari, buyumlarni yasash va ta'mirlash ishlari, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, transport xizmatlari kiradi. 8 Xizmatlar sohasi Aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar esa o'z vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 2. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar: Ijtimoiy-madaniy xizmatlar nomoddiy xizmatlar hisoblanadi. Ular iste'molchining ma'naviy, intellektual ehtiyojlarini, ularning me'yordagi turmush kechirishini ta'minlashga yo'naltirilgan xizmatlar bo'lib, tibbiy xizmatlar, madaniyat, turizm va ta'lim xizmatlar shular jumlasidandir 9 Xizmatlar sohasi Aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar o'z vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 2. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar: Ijtimoiy-madaniy xizmatlar nomoddiy xizmatlar hisoblanadi. Ular iste'molchining ma'naviy, intellektual ehtiyojlarini, ularning me'yordagi turmush kechirishini ta'minlashga yo'naltirilgan xizmatlar bo'lib, tibbiy xizmatlar, madaniyat, turizm va ta'lim xizmatlar shular jumlasidandir 10 Xizmatlar turlari O'zbekistonda xizmatlar sohasi 13 ta asosiy turga ajratilgan: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterli dasturlash xizmati, moliyaviy (bank, sug'o'rta va moliyaviy lizing xizmatlari) transport, qurilish, texnologik uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi texnikalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish, savdo va ovqatlanish xizmatlari, ta'lim va sog'liqni saqlash xizmatlari, turistik, maishiy va boshqa xizmatlar. 11 ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
298.17 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
298.17 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:50 ]
Arxiv ichida: pptx