Yalpi hududiy mahsulot slayd taqdimot

Yalpi hududiy mahsulot slayd taqdimot

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Yalpi hududiy mahsulot slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

TAQDIMOT MAVZUSI: YALPI HUDUDIY MAHSULOT Reja: Kirish 1.YaHM tushunchasi va uning mohiyati 2. YaHMni hisoblash usullari 3. O'zbekistonda YaHM ko'rsatkichlari tahlili 4. O'zbekistonda YaHM variatsiya ko'rsatkichlari tahlili Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar o'rtasida kapital harakatchanligi darajasi g'oyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning ba'zi aktivlari (korxonalar, ko'chmas mulklar, qimmatli qog'ozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida bo'ladi. Norezidentlar o'z mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga o'tkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmini to'g'ri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi o'z fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari o'rtasidagi farqni qo'shish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy bo'lsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan ko'p, aksincha holatda kam bo'ladi (qarang Milliy daromad, Yalpi ichki mahsulot). 1.Yalpi hududiy mahsulot tushunchasi va uning mohiyati YaHM - milliy hisoblar tizimining asosiy ko'rsatkichi bo'lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident - institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha yalpi qo'shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig'indisi orqali hisoblanadi. Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) - mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko'rsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qo'shma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo'lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. O'zbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrd. so'mlik YIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga ko'p demakdir. Yaratilgan YIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xo'jaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar ko'rsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga to'g'ri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin Masalan, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu ko'rsatkichlar o'rtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.52 MB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.52 MB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga