YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIG'I 1) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lovchilari, soliq solish obyekti va soliq bazasini shakllantirish tartibi. 3) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'I bo'yicha imtiyozlar va foyda solig'i stavkalari. 4) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini hisoblab chiqarish va soliqni to'lash tartibi. REJA: Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida tadbirkorlik faoliyati jarayonida yaratilgan sof daromadni ifodalaydi. Foyda tijorat asosida faoliyat yuritayotgan xo'jalik subyektlarining so'nggi moliyaviy natijasi bo'lishi bilan birga, davlat byudjetining asosiy moliyaviy manbalaridan biri, shuningdek tadbirkordlik faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Narxlar barqaror bo'lganda foydaning o'sishi korxonananing samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. Foyda hajmining o'sishi korxonaning moliyaviy salohiyati, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishchi va xizmatchilarni moddiy rag'batlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i o'zining mohiyatiga ko'ra to'g'ri soliq, byudjetga tushishiga ko'ra esa umumdavlat solig'i hisoblanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Foyda solig'ining mohiyati yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortish, ular foydasining bir qismini byudjetga undirish jarayonidagi moliyaviy munosabatlarda namoyon bo'ladi. Yuridik shaxslar foydasi buxgalteriya qonunchiligida belgilangan moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibiga asosan aniqlanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig'i 1991 yil 15 fevraldagi Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g'risidagi Qonunga asosan joriy qilingan va 1992 yildan boshlab daromad solig'i sifatida undirilgan. 1995 yildan mazkur soliq to'lovchilari quyidagilardan birini to'lashi belgilandi, ya'ni: A) Foyda solig'i; B) Daromad solig'i (tijorat banklari, sug'o'rta kompaniyalari, ko'ngil ochar o'yinlar, birjalar va boshqalar). Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig'ining O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlari tarkibidagi ahamiyati Foyda solig'ining asosiy stavkalarini o'zgarishi: 1995 yil - 38 % 1998 yil - 35 % 199 yil - 33 % 200 yil - 31 % 2001 yil - 26 % 2002 yil - 24 % 2003 yil - 20 % 2004 yil - 18 % 2005 yil - 16 % 2006 yil - 12 % 2007 yil - 10 % 2008 yildan - 9 % Soliq kodeksiga ko'ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i to'lovchilari bo'lib, moliya yilida soliqqa ortiladigan foydaga ega bo'lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Foyda solig'i to'lovchi yuridik shaxslar (O'zR SK 126-modda) O'zbekiston Respublikasining rezidentlari O'zbekiston Respublikasining norezidentlari O'zbekistonda ta'sis etilgan yoki ro'yxatdan o'tgan hamda bosh korxonasi O'zbekistonda joylashib, O'zRdan tashqarida ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxslar O'zR rezidentlari hisoblanadi O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan yuridik shaxslar O'zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig'iga tortiladilar O'zbekiston Respublikasining norezidentlari faqat O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatishdan olgan daromadlari bo'yicha soliqqa tortiladilar ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
180.44 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
180.44 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: ppt