Asosiy vositalar hisobi

Asosiy vositalar hisobi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Asosiy vositalar hisobi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalar - bu korxona xo'jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko'rsatish yoki ma'muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir. Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi: xizmat muddati 1 yildan oshiq; Bitta birligi(komplekti)ning qiymati O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo'lgan (sotib olish vaqtida) predmetlar. Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5- «Asosiy vositalar» nomli BXMSda keltirilgan (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 - yil 20 - yanvarda 1299- raqam bilan ro'yxatga olingan) Asosiy vositalar o'z navbatida 3 ta guruhga bo'linadi: Amortizatsiya qilinishga tegishli bo'lganlari, masalan, binolar, inshootlar, uskunalar, mebel, qurilmalar; Yemirilishga tegishli bo'lganlar, masalan, foydali qazilmalar, o'rmon boyliklari; Amortizatsiya yoki emirilishga tegishli bo'lmagan yer. Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan asosiy vositalarni almashtirish, keraksizlarini boshqa korxonaga berish yoki sotish to'g'risida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to'g'ri hisob-kitob qilish uchun zarur. Ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatida asosiy vositalar obyektlardan foydalanish darajasiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: Foydalanilayotgan ; Zaxirada turgan; Buzuq yoki ishlatish holatida bo'lmagan asosiy vositalar. Asosiy vositalar natural - moddiy tarkibiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: yer; yerni obodonlashtirish bo'yicha kapital sarflar; imoratlar; inshootlar; uzatuvchi moslamalar; mashina va jihozlar; transport vositalari; asbob-uskunalar; ishlab chiqarish inventarlari; xo'jalik inventarlari; ish hayvonlari va mahsuldor chorva; ko'p yillik daraxtlar; boshqa asosiy vositalar. Asosiy vositalar nomli 5-son BHMSga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi: Dastlabki qiymat ; Sotish qiymati ; Tugatish qiymati ; Qoldiq qiymati; Dastlabki (boshlang'ich) qiymat - aktivni xarid qilishda haqiqatda to'langan pul mablag'lari yoki uni yaratishda amalga oshirilgan xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, yani: xarid narxi, to'langan soliqlar, tashib keltirish va montaj qilish, o'rnatish va foydalanishga topshirish bo'yicha xarajatlar va aktivni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlarni o'z ichiga oladi. Cotish qiymati (joriy qiymat) - Asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o'rtasida ayirboshlash mumkin bo'lgan summadir. Qoldiq qiymati - Asosiy vositalarning boshlang'ich qiymati yoki joriy qiymatidan to'plangan amortizatsiya summasining ayirmasidan keyingi hisobotda aks ettiriladigan summadir. Tugatish qiymati - chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo'ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir. Asosiy vositalarning kirim qilinishi quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi: Korxona tomonidan yaratilishi ; Boshqa korxonalardan sotib olish; Tekinga olish ; Asosiy vositalarni muassislar tomonidan korxonaning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 243.13 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 243.13 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga