O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi Konsultatsiya ma'ruzachi: D. Raximova Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi. Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:: - sotuvchi va xaridorlarning o'zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash; - sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi; - to'lovga layoqatli bo'lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik. Yuqoridagi davatlarga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'zbek modeli tamoyillari shakllantirildi: Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg'unlashtirishni ta'minlaydigan dastak va vositalar hisoblanadi. Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar. Bozor subyekti ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo'linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o'z subyektlari manfaatini bir- biriga bog'lab, ularni muvofiqlashtiradi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo'lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko'proq qo'llaniladi. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo'lib, ular o'rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo'llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro'y beradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko'ra bozorlar quyidagi turlarga bo'linadi: istemol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy-texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori. Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o'rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar tizimidir. Bozor infrastrukturasining dastlabki kurtaklari savdo uylari, turli shirkatlar, kichik va qo'shma korxonalar 1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo'jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.); 2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug'o'rta va moliya kompaniyalari, ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.14 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.14 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: ppt