Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi Qiymati va xizmat muddatidan qati nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: Qishloq xo'jaligi mashinalari va uskunalari Katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham) Kutubxona fondlari Muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari) Hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar Maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo'ljallangan, maqsadli yo'naltirilgan asboblar va moslamalar); Maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar; Ko'rpa-to'shak anjomlari; Yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo'yiladigan asboblar va boshqalar); Oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar; Tiklanishi bo'yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar moslamalar va qurilmalar; Bir yildan kam foydalanish muddatiga ega bo'lgan almashtiriladigan uskunalar; Ov qurollari (trallar, to'rlar, qarmoqlar, matraplar va boshqalar) va shu kabi moddiy qimmatliklar. Asosiy vositalar qonunchilik (1 yanvar holati bo'yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o'tkazish tartibi to'g'risida Nizom) da belgilangan tartibda har yili qayta baholanadi. Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash har yili (joriy yilning 1 fevraligacha) 1 yanvar holati bo'yicha qayta baholashni o'tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o'tkaziladi. 1 yanvar holati bo'yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan obyektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy fondlar bo'yicha esa - harid qilish qiymatidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni ta'mirlash Kapital Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning sintetik hisobi 01 Asosiy vositalar schyotida yuritiladi. 01 Asosiy vositalar schyoti quyidagi subschyotlarga bo'linadi: 010 Turar-joy imoratlar; Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi: Oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha obyektni sotib olish; Kapital qo'yilmalar tugaganidan so'ng tiklangan obyektni qabul qilish-topshirish; Asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash; Beg'araz kelib tushish; Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o'tkazish; Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. Asosiy vositalar kirimini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirishning sxematik ko'rinishi Byudjet tashkilotlarda asosiy vositalarining eskirishi Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to'g'risidagi Nizom (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 30 oktyabrda 2028-son bilan ro'yxatga olingan)ga muvofiq asosiy vositalarining yillik eskirish me'yorlaridan kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo'yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san'atning noyob yodgorliklari bo'lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o'quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko'rgazmali qo'llanmalar, mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog'i va shunga o'xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo'lgan yoshga yetmagan ko'p yillik ko'chatlar, kutubxona fondlari, filmlar ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
700.06 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
700.06 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:37 ]
Arxiv ichida: ppt