Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan o'z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag' ajratish nazarda tutilgan va bu mablag' moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo'mitasi, idora, davlat tashkilotidir. Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo'yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar buxgalteriya hisobini O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to'g'risida gi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko'rsatmalariga hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad Foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo'yicha o'z vaqtida, to'liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta'minlab berishdan iborat. Axborot foydalanuvchilar Ichki Tashqi tashkilot rahbariyati tashkilot ichki bo'linmalari Mutaxassislar, xodimlar Moliya organlari, yuqori turuvchi vazirlik va idoralar Soliq organlari Davlat statistika boshqarmalari, banklar va qonunchilikda belgilangan boshqa organlar Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish; Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lardan maqsadli foydalanishni ta'minlash; Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to'g'risidagi to'liq hamda aniq ma'lumotlarni shakllantirish; Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish; Buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini alohida xususiyatlari: Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shakllari 1-memorial order - kassa operatsiyalari bo'yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 2-memorial order - byudjet mablag'larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 3-memorial order - byudjetdan tashqari mablag'lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 5-memorial order - ish haqi va stipendiyalar bo'yicha hisob-kitob varaqalari yig'indisi, 405-son shakl; 6-memorial order - turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo'yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 8-memorial order - hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo'yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl; 9-memorial order - asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko'chirilishi bo'yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 11-memorial order - oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl; 12-memorial order - oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl; 13-memorial order - materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 15-memorial order - ta'lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo'yicha qaydnoma, 406-son shakl Boshqa alohida memorial orderlar (274-son shakl) Byudjet tashkilotining daromadlar va xarajatlar smetalarini ijrosi bo'yicha buxgalteriya balansining sxematik ko'rinishi. O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonuniga hamda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risidagi Yo'riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro'yxatga olingan) muvofiq byudjet ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
479.19 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
479.19 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:37 ]
Arxiv ichida: ppt