Chorvachilik statistikasi

Chorvachilik statistikasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Chorvachilik statistikasi - rasmi

Material tavsifi

Chorvachilik statistikasi. Reja: Chorvachilik statistikasining vazifalari. Mollar bosh soni ko'rsatkichlari. Chorvachilik mahsulotlari va mollar mahsuldorligi ko'rsatkichlari. Chorvachilik mahsulotlarini sifat ko'rsatkichlari. Mollar mahsuldorligi ko'rsatkichlari. Chorvachilik qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lib hisoblanadi. Bu tarmoq aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan va sanoatning ko'p tarmoqlarini xom ashyo bilan ta'minlaydi. Shuning uchun ham bu sohaning ahvolini o'rganish va yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ko'rsatish katta ahamiyatga egadir. Chorvachilikning ahvoli va uning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarning natijalari iqtisodiy statistik ko'rsatkichlar yordamida ifodalanadi va o'shalar asosida o'rganiladi, tahlil qilinadi. Chorvachilik statistikaning vazifalari quyidagilardan iborat: chorva mollar va parrandalar bosh sonini turi, jinsi va yoshiga qarab hisobga olish; chorvachilik mahsulotlarini hisobga olish va unga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash; reja ko'rsatkichlarni (topshiriqlarni) bajarilishini tahlil qilish; zootexnik tadbirlarni samaradorlik darajasini o'rganish; turli mulk shakllaridagi xo'jaliklarda chorvachilikni rivojlanish darajasini aniqlash; ozuqa bazasini holati va uni chorvachilik talablariga javob berish darajasini tahlil etish; statistik tahlil natijasida mahsulot ishlab chiqarish va samaradorligini oshirishni imkoniyatlarini aniqlash. Statistika chorvachilik ahvolini va rivojlanishini qo'yidagi ko'rsatkichlar tizimi orqali ifodalaydi: Chorva mollari bosh soni va ularning tarkibini ifodalovchi ko'rsatkichlar; Chorva mollarini takror ishlab chiqarish ko'rsatkichlari; Chorva mollarining mahsuldorligi ko'rsatkichlari; Zootexnik chora-tadbirlar ko'rsatkichlari; Chorvachilik yalpi, sof va tovar mahsulotlari ko'rsatkichlari. Mollarning oylik, kvartallik va yillik o'rtacha bosh sonini aniqlash uchun o'rtacha arifmetik va o'rtacha xronologik formulalaridan foydalanish zarur. Agar u yoki bu turdagi mollarning bosh soni har kuni aniqlangan bo'lsa, ularning malum davr uchun o'rtacha bosh sonini aniqlash o'rtacha arifmetik tortilgai miqdorlar formulasi orqali amalga oshiriladi: bunda, x - har kuni boqilgan (oziqlantirilgan) mollar bosh soni; f - mollar boqilgan davrdagi kalendar kunlar soni. Oziqlantirilgan mollar bosh sonini (x) kalendar kunlar soniga (f) ko'paytirilsa, ozuqa-kunlari soni kelib chiqadi. Demak, xf - ozuqa kunlarini beradi. Agar mollarning bosh soni har oy boshiga malum bo'lsa, bunday holatda u yoki bu davr uchun ularning o'rtacha bosh sonini aniqlash uchun o'rtacha xronologik miqdorlar formulasidan foydalanish mumkin: bunda, va hoka'zolar hisobot yilining 1 yanvaridan boshlab har qaysi oyning boshida mavjud bo'lgan mollar bosh sonini bildiradi; - kelgusi yilning 1 yanvariga bo'lgan mollar soni; n - sanalar soni (kvartal bo'lsa nq4, yil bo'lsa nq13). Ushbu ko'rsatkichni hisoblashda yil (davr) boshi va yil (davr) oxiridagi mollar sonining yarmi olinadi. Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 15 iyuldagi 300-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fermer xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi» to'risidagi 3-ilovaga muvofiq quyidagi koeffitsiyentlardan foydalanib chorva mollarii shartli bosh sonini aniqlash mumkin: «Chorva mollarini shartli bosh soni» ko'rsatkichi umumiqtisodiy xarakterga ega bo'lgan hisoblarda ishlatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 132.64 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 132.64 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga