Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallarlashtirish

Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallarlashtirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallarlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallarlashtirish Reja: Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va mazmuni. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat boshqaruv vakolatlarini cheklash va nomarkazlashtirish. Bozor iqtisodiyoti sohasidagi o'zgarishlarning qonunchilik bazasini shakllantirish. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi, xususiy mulkning miqyoslarini kengaytirish va uning daxlsizligini ta'minlash tadbirkorlik faoliyati va tanlash erkinligiga, raqobatga asoslangan bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda davlatning iqtisodiy funksiyalari va faoliyat doiralarini cheklash bilan chambarchas bog'liqligini tushunamiz. Iqtisodiyot- jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo'lib, uning asosini, rivojlanish manbaini tashkil etadi. Unda insonlar o'zlarining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik ne'matlarini va vositalarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste'mol qilishga qaratilgan faoliyat ko'rsatadilar va o'zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar. Iqtisodiy hayot- kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Sobiq totalitar ma'muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida- iqtisodiy hayot soxta siyosat, mafkuraviy maqsadlarga bo'ysundirilgan edi. Siyosat va mafkura iqtisodiyotdan ustun bo'lib, uning rivojlanish yo'nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalgan egasiz mulk tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90% dan ortig'iga ega bo'lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o'rnatgan edi. Buning oqibatida iqtisodiy hayotni, iqtisodiyotni bir markazdan ma'muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib, ishlab chiqarish turlari va hajmini, taqsimotni rejalashtirib, belgilab berar edi. Jamiyat a'zolari- ijtimoiy mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqidan, mulkdorlik hissidan mahrum edilar. Tadbirkorlik , biznes bilan shug'ullanish huquqidan ham mahrum edilar. Bunday faoliyat bilan shug'ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar.Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganliklari tufayli, mehnat motivatsiyasi va ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchradi. Istiqlol yillarida- Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligi to'g'risidagi konsepsiyasida, odamning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma'naviy asoslar va ularning bir-biriga nisbatan qanday o'rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi, materializm va idealizm ta'limotlari tarixi, ma'no-mazmuni hamda ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlaridagi falsafiy yondashuvlarning har biri o'z davridagi mavjud siyosiy-ijtimoiy vaziyat, hukmron mafkura, jamiyatning huquqiy va madaniy saviyasi, turli sotsial guruh va toifalarning qarashlarini ifodalab kelganligini ko'rsatib bergan. Xususan, sho'ro zamonida materialistik qarashni ustun qo'yish natijasida materiya birlamchi, ong esa ikkilamchi, degan tamoyilning hukmron dunyoqarash darajasiga ko'tarilgani, buning oqibatida insonning ma'naviy qadriyatlari, ayniqsa, uning milliy va diniy tuyg'ulariga bepisand qarab kelingani natijasida, moddiy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo'yish, ularning birini ustun deb bilish, tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabul qilish qandaydir biryoqlama qarash ifodasi ekanini hamda bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.88 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.88 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga