O'zbekiston RespublikaSI DAVLAT SOLIQ QO'MITASI Fermer xo'jaliklariga yaratib berilgan imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Asosiy ustuvor yo'nalishlarimizdan biri - bu islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot, soliq-byudjet siyosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlan-tirishdan iborat. Iqtisodiyotni erkinlashtirishda, birinchi navbatda, soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish masalalari muhim o'rin tutadi*. * O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida so'zlagan nutqidan. Fermer xo'jaliklarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish 1991-1994 yillar - yer uchun soliq 1995-1998 yillar - yer solig'i 199 yildan - yagona yer solig'i Fermer xo'jaliklarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish Yagona yer solig'ini to'lovchilariga O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 362-moddasiga muvofiq qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar (shu jumladan fermer xo'jaliklari); qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo'jaliklari va ta'lim muassasalarining o'quv-tajriba xo'jaliklari kiradi. Yagona yer solig'ini to'lovchilarga talablar: yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotini etishtirish va o'zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo'jaligi mahsulotini etishtirish asosiy faoliyat turi bo'lgan yuridik shaxslar; qishloq xo'jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o'zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar; o'zi etishtirgan va qayta ishlangan mahsulot jami realizatsiya qilingan mahsulot ulushida kamida 50 foizni tashkil qilgan yuridik shaxslar. Yagona yer solig'ini to'lashga o'tish tartibi. Yagona yer solig'ini to'lash tartibini qo'llash uchun fermer xo'jaligi har yili joriy soliq davrining 1 fevraliga qadar soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o'tgan soliq davrida qishloq xo'jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo'jaligi mahsulotining o'zi etishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko'rsatilgan ma'lumotnomani taqdim etadi. Yagona yer solig'i stavkasi Har yili qabul qilinadigan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida qabul qilinadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilab beriladi. Fermer xo'jaliklarini qo'llab quvvatlash maqsadida 2011 - 2012 - 2013 - yillar davomida yagona yer solig'ining stavkasi normativ qiymatga nisbatan 6 foiz miqdorida belgilanib o'zgarmasdan kelmoqda. Misol: Sahovat fermer xo'jaligining 2012 yilning 1 yanvar holatiga jami 234,4 gektar yer maydoni mavjud bo'lib, 1 gektar yer maydonining normativ qiymati 2182,5 ming so'm. Soliq solinadigan baza - (234,4*2182,5) jami yer maydoni uchun 511578 ming so'm. Yagona yer solig'i - 511578*6%=30694,7 ming so'm. 1 iyulgacha (20%) 6138,9 ming so'm; 1 sentyabrgacha (30%) 9208,4 ming so'm; 1 dekabrgacha 15347,4 ming so'm. Yagona yer solig'i hisob-kitobini topshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga asosan, yagona yer solig'i to'g'risidagi hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:37 ]
Arxiv ichida: ppt