Keyns ta'limoti va keynschilik

Keyns ta'limoti va keynschilik

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Keyns ta'limoti va keynschilik - rasmi

Material tavsifi

Keyns ta'limoti va keynschilik 1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti 2. Samarali talab 3. Insonning psixologik moyilligi 4. Jamg'armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta'sir etuvchi boshqa omillar 5. Multiplikator 6. Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari 7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari 8. Yangi keynschilik Jon Meynard Keyns (1883-1946 y.) Asosiy asarlari «Ehtimollar to'g'risida traktat» (1923), «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi»(1926), «Pul to'g'risida traktat»(1930), «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936) Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e'tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g'oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta'sir ko'rsatish dastagiga ega bo'lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo'lgan. Buyuk turg'unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi. Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929-1933 yillardagi buyuk turg'unlik davri iqtisodiyot fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 1929 yildan 1933 yilgacha AQSHda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941 yilga qadar u 14,3 foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937-1938 yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib to'xtatildi. Faqat 1942 yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Bunday holatni dunyo hali ko'rgan emas. Undagi bosh g'oyalar bozor iqtisodiyoti munosabatlari takomillashgan va o'zini o'zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi; faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori darajada oshirishi va iqtisodiy o'sishni ta'minlashi mumkin; davlatning roli, eng avvalo, shundan iboratki, u krizis davrida yalpi talabni oshirishi va shu bilan ishlab chiqarishni va investitsiyani faollashtirishi, ishsizlikni esa kamaytirishi lozim. Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu - bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to'lovga qodir talab. Samarali talab nazariyasining asosiy qoidalari: aholining ish bilan bandlik darajasi samarali talabga bog'liq, u quyidagilarni o'z ichiga oladi; a) iste'molga bo'lgan talabni; b) investitsiyaga bo'lgan talabni; XX asrning 30-yillari ko'pchilik mamlakatlarda yalpi talabning (iste'mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali bo'lmaganligi asoslab beriladi: a) iste'molga bo'lgan talabning yetarli darajada samarali bo'lmasligiga asosiy sabab, ish haqi oshganda kishilar iste'molining oshib borishi pul daromadining o'sish sur'atidan doimo orqada qoladi, bu holat «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi bilan bog'lab tushuntiriladi, bu qonunga ko'ra, inson daromadlari oshib borganda oldingiga qaraganda daromadlarning ko'proq qismi jamg'arib boriladi; b) Investitsiyaga bo'lgan talab ikkita sababga ko'ra samarali bo'lmagan: -o'sha «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi tufayli iste'molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishdan qo'rqishi; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 218.36 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 218.36 KB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga