Klassik davrgacha bo'lgan qadimgi iqtisodiy ta'limotlar

Klassik davrgacha bo'lgan qadimgi iqtisodiy ta'limotlar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Klassik davrgacha bo'lgan qadimgi iqtisodiy ta'limotlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Klassik davrgacha bo'lgan qadimgi iqtisodiy ta'limotlar Reja: 1. Qadimgi sharqdagi iqtisodiy fikrlar 2. Qadimgi Xidistondagi iqtisodiy g'oyalar 3. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy qarashlari 4. Zardushtizm (Avesto) dagi iqtisodiy g'oyalar. 5. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy qarashlar. 6. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar 1. Qadimgi sharqdagi iqtisodiy firlar Iqtisodiy fikrlarning paydo bo'lishi va shakllanishi yozuv bilan bevosita bog'liq. Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to'rt ming yil oldin o'sha davrning madaniyat o'chog'i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Furot daryolarning oralig'idagi joylarni «Mesopotamiya» deb atagan. Bu grekcha so'z bo'lib, «ikki daryo oralig'i» manosini bildiradi. Dajla va Furot daryolari hozirgi Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq tomon oqib Fors ko'rfaziga quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprog'i unumdor, suvi ko'p bo'lib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga juda qo'l kelardi. Ayni zamonda ikki daryo vodiysining janubiy qismidagi asosiy mahalliy xalq shumerlar bo'lib, eng dastlabki yozuvni o'sha Dastlabki yozuv ijod qilingandan keyin, Misr va Qadimgi Sharqdagi xalqlar tarix tiliga kira boshladi. Demak, o'sha davrdan, yani Qadimgi Dunyo - quldorlik davridan boshlab dastlabki iqtisodiy fikrlar shakllana boshladi. ko'hna Bobil iqtisodiy fikrlari Qadimgi Bobildagi iqtisodiy masalalar Eshnun va Xammurapi qonunlarida o'z aksini topgan Xammurapi qonuni Qadimgi Xidistondagi iqtisodiy g'oyalar «Artxashastra»dagi iqtisodiy g'oyalar davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, - deyiladi asarda, - odamlardan tashkil topgan. Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o'xshaydi - undan na sut sog'ib olib bo'ladi». «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qatiy hisob-kitob hujjatlari olib borilishi zarur. - Podsho xazinani o'g'irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu yerdagi o'g'irlikni aniqlash juda qiyin bo'lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o'g'irlashning 40 xil usulini ko'rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko'ra, osmondagi qushning yo'lini aniqlash osonligini qayd qilib o'tadi. «Suvda so'zib yurgan baliq, o'sha suvdan ichayaptimi, yo'qmi bilib bo'lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o'zlashtirayaptimi, yo'qmi aniqlab bo'lmaydi», - deyiladi asarda. Shu bois suiistemol qilishning har xil usullarini o'rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o'zgartirib turish tavsiya etiladi. Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga - «daromadlarni ko'paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» davat etadi. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g'oyalari Patriarxal munosabatlarni reglamentlashtirish davlat tuzumini mustahkamlashga xizmat qiladi. Davlat-bu katta oila, podsho esa xalqlarning otasi deyiladi. Buyuk jamoa mulki (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki) ajratib ko'rsatiladi va xususiy mulk ustunligi ko'rsatib beriladi. Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat to'g'risida fikr yuritiladi va aqliy mehnat bilan yuqori tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa oddiy kishilar shug'ullanishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 189.94 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 189.94 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga