Mavzu: O'zbekistonda fyuchers valyuta operatsiyalari Reja 1. Valyuta tushunchasi va valyuta operatsiyalarining mohiyati. 2. Valyuta fyuchersi - muddatli valyuta operatsiyasi. 3. Xulosa. Kirish Valyuta bozorlarida asosan valyuta operatsiyalari amalga oshirilib, ular turli xil ko'rinishlarda namayon bo'ladi. Valyuta mablag'larini boshqarish nuqtai nazaridan qaraganda operatsiyalar quyidagicha guruhlarga bo'linadi: valyuta mablag'larini o'tkazish; kapitalning o'sish uchun holati; spekulyativ operatsiyalar; kapitalning yuqori daromad keltirish qobiliyatini saqlash. O'z mohiyatiga ko'ra esa valyuta operatsiyalari naqd pullar bilan bo'ladigan valyuta operatsiyalari hamda devizlar bilan bog'liq valyuta operatsiyalariga bo'linadi. Respublikamizda valyuta operatsiyalari Respublika Valyuta Birjasida xaftada ikki marta amalga oshiriladi. O'zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solishni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. Markaziy bank O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlaydi va uni boshqarish bilan bog'liq barcha operatsiyalarini amalga oshiradi. Respublikada milliy valyuta qadrni oshirish va naqd chet el valyutasidagi muomalani boshqarish uchun 1994 yil 7 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining valyuta bozorini rivojlantirishga doir chora tadbirlar to'g'risidagi qarori va 1996 yilning 24 oktyabridagi O'zbekiston Respublkasining Prezidentining Respublika hududida chet el valyutasidagi muomalani takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoni yaxshi natija berdi. Bunga ko'ra Respublika hududidagi to'lovlar faqat so'mda amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar O'zbekiston Respublikasi valyuta birjasida operatsiyalar xajmining oshirishga muhit yaratadi. Valyuta birjasidan EAV sotib olish va sotishda qatnashadigan banklar soni 6 adan 26 taga etdi. 1. xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari bozor xo'jaligining murakkab tarkibiy qismlaridan biridir. Bu munosabatlarda ishtirok etish xar bir davlat uchun muhim hisoblanadi. O'zbekiston Resspublikasi xam mustaqillikka erishgan, xalqaro munosabatlar subyektiga aylandi va bu munosabatlarda faol ishtirok etishga harakat kilmokda. Bozor ikoesodiyotiga utish uchun olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xalqaro munosabatlar sohasi bilan birgalikda moliya va kredit sohalarida xam, jadallashmokda. O'zbekistonda o'z milliy valyutamiz muomalaga kiritilishi bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda sifat jihatidan yangi bosqich boshlandi. Bu bosqich iqtisodiy isloh qilish jarayoniga asos soldi va bu bosqichda valyuta sohasiga oid bir kancha tadbirlar amalga oshirilmokda. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta-iqtisodiy siyosati kontsensiyasi iqtisodiy islohotlar dasturiga tarkibiy kism bo'lib kirishi, bu yerda valyutani tartibga solish departamentini tuzilishi, Respublika valyuta birjasini tashkil etilishi, birjada bulayotgan valyuta operatsiyalari va x. .lar bunga misol bula oladi. Bugungi kunda bu bosqichning eng muxum vazifalaridan biri-sumning barqarorlik ta'minlash va kadorini oshirish, chet el valyo'talari bilan erkin almashinuviga erishidir. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi Valyutani tartibga solish to'g'risidagi qonunining 1 bo'lim, 2-moddasiga muvofik, valyuta kimmatliklariga kuyidagilar kiradi: Chet el valyutasi; Chet el valyutasi ko'rinishi kimmatli qog'ozlar, yani fond kimmatliklari (aksiya, obligatsiya va shu kabilar); Chet el valyutasidagi to'lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
492.84 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
492.84 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: ppt