10-mavzu: Pul mablag'lari auditi Kassadagi pul mablag'lari auditi; Bankdagi hisob-kitob muomalalari auditi; Valyuta schyoti bo'yicha hisob-kitoblar auditi; Naqd pul mablag'lari harakatiga doir operatsiyalarni amalga oshirishning qonuniyligini, hisobi va soliqqa tortish uslubining me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash hamda hisobni takomillashtirishdan iborat. Kassa auditining asosiy maqsadi: Kassa auditning vazifalari: kassadagi mavjud pul mablag'larini inventarizatsiya qilish va uning hisob ma'lumotlariga mosligini aniqlash; kassa daftarida naqd pul mablag'larini KKO va KChOlar bo'yicha o'z vaqtida va to'liq kirimi va chiqimini tekshirish; KKO va KChOlarga isbotlovchi hujjatlar mavjudligi; kassa bo'yicha amalga oshirilgan muomalalar qonuniyligini tekshirish; kassir bilan To'liq moddiy javobgarlik to'g'risida shartnoma mavjudligi; audit natijalarini rasmiylashtirish. Huquqiy-me'yoriy hujjatlar: O'zR qonuni Buxgalteriya hisobi to'g'risida Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari(O'zR MB 24.01.1998 №116) Korxona, tashkilot va muassasalarda Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga rioya qilinishini bank tomonidan tekshirish bo'yicha tavsiyalar №19 BHMS Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish (19.11.199 y. №EG17-19-2075) tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga vakolatli shaxslar) ishlashini; kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o'rindoshlik asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko'rsatishi; kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi; Kassa auditida quyidagilar aniqlanishi lozim: kassani tekshirish bosh buxgalter va kassir ishtirokida amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi mumkin emas; kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to'xtatiladi. Kassani tekshirish imkoni bo'lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo'lganda ularning barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda saqlanadi; kassadagi naqd pullar, qimmatli qog'ozlarni sanash auditor, kassir va bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi; sanash tugaganidan so'ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul mablaglarining summasi haqida alohida dalolatnoma tuzadi; Kassa auditida quyidagilarga rioya qilinishi lozim: turli shaxslarning tilxatlari, to'liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o'xshash hujjatlar kassadagi naqd pul qoldigiga qo'shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati sifatida qabul qilinmaydi; boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga tegishli deb hisoblanishi lozim; auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish dalolatnomasida ko'rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim. Kassa auditida quyidagilarga rioya qilinishi lozim: (davomi) seyflar (o'tda yonmaydigan shkaflar)ning mavjudligini; kassaning jihozlanishini; ish kunining oxirida kassa eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishini; signalizatsiya o'rnatilganligi va uning ishlashini; kassani qo'riqlashning tashkil etilishini; kassir «olindi», «to'landi» degan shtamplar bilan ta'minlanganligini ham tekshiriladi. Kassa auditida quyidagilar ham tekshiriladi: Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yoppasiga tekshirilishi shart. Hisob-kitob, valyuta va ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
342.39 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:45
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
342.39 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:45 ]
Arxiv ichida: ppt