Pul mablag'lari va hisob kitoblarni tashkil etish

Pul mablag'lari va hisob kitoblarni tashkil etish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Pul mablag'lari va hisob kitoblarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

7mavzu. Pul mablag'lari va hisob-kitoblarni tashkil etish 1.Qishloq xo'jalik korxonalarida pul mablag'larini tashkil etish 2. Qishloq xo'jalik korxonalarining banklarda hisobvaraq ochishi, yopishi va qayta rasmiylashtirishi 3. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari, ularni tashkil etishning umumiy qoidalari va ahamiyati 4. To'lov topshiriqlari bilan olib boriladigan hisob-kitob ishlari 5. To'lov talabnomalari bilan olib boriladigan hisob-kitob ishlari 6. Akkreditvlar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar 7. Hisob cheklari Hisob-kitoblar yuridik va jismoniy shaxslarning tovar, ish va xizmatlari uchun haq to'lash bilan bog'liq pul munosabatlari tizimi. O'zR FK 790-moddasiga muvofiq: Yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Qishloq xo'jalik korxonalari pul mablag'larini saqlash va barcha turdagi hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun bankda hisob-kitob, valyuta, ssuda va boshqa maxsus hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. O'zR FKning 771-moddasiga muvofiq: Bank hisobvarag'i shartnomasi bo'yicha bir taraf bank yoki boshqa kredit muassasasi ikkinchi tarafning-mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag'iga tushayotgan pul mablag'larini qabul qilish va kiritib qo'yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini o'tkazish va to'lash hamda hisobvaraq bo'yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi. 4.1-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitob ishlarida qo'llaniladigan hujjatlar Eslatma: pul-hisob hujjatlarida tuzatishlarga yo'l qo'yilmayadi 4.2-rasm. Pul-hisob hujjatlarining rekvizitlari 4.3-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari 4.4-rasm. To'lov topshiriqnomasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblar. 4.5-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning aktsept shakli 4.6-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shakli 4.7-rasm.Qoplangan (deponentlangan) akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar Inkassa topshiriqnomasi to'lovchining hisobvarag'idan mablag'larni so'zsiz hisobdan chiqarish to'g'risida undiruvchilarning bankka bergan talabini ifodalaydi. Tijorat bankining hisob cheki malum summani chek beruvchining schyotidan chek qabul qiluvchining schyotiga o'tkazish haqidagi to'lovchining o'ziga xizmat qiluvchi bankka bergan topshirig'idir. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 499.86 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 499.86 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga