QIShLOQ XO'JALIGIDA MYeNYeJMYeNT QONUNLARI VA TAMOYILLARI. Iqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyati. Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar. Menejment qonunlari Menejmentning asosiy tamoyillari. Menejmentning asosiy tamoyillari. Qonun falsafiy kategoriya bo'lib, borliq voqealarning baqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatlarini, hodisalar yuz berishining aniq tartibda bo'lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish, rivojlanishning obyektiv yo'nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalalrni hal etish imkonini beradi. Jamiyat ehtiyojlarini mumkin qadar kam resurslar sarflab iloji boricha to'liq qondirish qonuni. Jamiyatdagi barcha iqtisodiy-ijtimoiy qonunlar ularni amalga oshirish qonunlari bu qonunga amal qiladi, chunki u quyidagilarni ifodalaydi: Ishlab chiqarishning obyektiv yo'nalishi, uning xalq farovonligini oshirish, shaxsiy xar tomonlama rivojlantirishga qaratilganligini; Insonlar xo'jalik faoliyatining asosiy sabablari umum xalq iqtisodiy manfaatlarining yetakchiligini; Ishlab chiqarish samaradorligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini. Qiymat qonuni yoki narx qonuni. Tovarlarning pulda ifodalangan qiymati narx deb ataladi. Narx esa talab va taklifga bog'liq ravishda aniqlanadi. Narx bozor barometrida, yani agar talab va narx yuqori bo'lsa, ishlab chiqarish kengayadi. Talab va narx pasayganda ishlab chiqarish qisqarabi. Talab xajmi va tarkibi taklif xajmi va tarkibiga teng bo'lgan xoldagi narx muvozanat narxi deyiladi. Ishlab chiqariladigan har bir tovar turi, xajmi ularga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojlarga teng bo'lishi, yani to'lov qoboliyatiga ega talabga teng bo'lishi kerak. Talab qonuni. Uning mazmuni shundan iboratki narx qancha yuqori bo'lsa talab shunchalik kam bo'ladi. Talab xaridorning to'lov qobiliyatini ifodalaydi. Taklif qonuni. U narx ortishi bilan taklif ortishini ifodalaydi. Taklif- bu bozordagi tovar va xizmatlarning xajmidir. Menejmentning quyidagi qonunlari mavjud: Ixtisoslashtirish qonuni; Integratsiya qonuni; Markazlashtirish qonuni; Demokratizatsiyalash qonuni; Vaqt qonuni (vaqtni iqtisod qilish qonuni). ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
453.64 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
453.64 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: ppt