QIShLOQ XO'JALIGINI INTYeNSIVLAShTIRIShNING IQTISODIY ASOSLARI. 1. Ishlab chiqarishni ekstensiv va intesiv rivojlantirishning mohiyati. 2. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishni asosiy omillari. 3. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ko'rsatkichlari. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish - ko'p jihatli jarayon bo'lib, hozirgi sharoitda qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning quyidagi omillari muhim ahamiyat kasb etadi: Iqtisodiy munosabatlarni tubdan qayta qurish. Yetishtirilgan mahsulotlarni asrash, uni nobudgarchiligini oldini olish. Qishloq xo'jaligini kimyolashtirish. Qishloq xo'jaligini melioratsiyalash. Resurs talabchanligi kam bo'lgan intensiv texnologiyalarni qo'llash. Mollar ozuqasi va ulardan olinadigan mahsulotlarni standartlashtirish Ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisoslashtirishni takomillashtirish. Mutaxasislarning malakasini oshirish. Qishloq xo'jaligiga fan yutuqlarni tadbiq etishda kadrlarni mutaxasislik saviyasini va texnik tayyorgarlik darajasini oshirmay turib erishish mumkin emas. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlari va ilg'orlar tajribasini tadbiq etish. Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o'zida aks ettiruvchi natural ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat: Yer maydoniga to'g'ri keladigan energetika quvvati. Bu ko'rsatkich har 100 gektar yer maydoniga qancha texnika vositalari, avtomashina va boshqa qishloq xo'jalik mashinalari to'g'ri kelishini ko'rsatadi; Har gektar ekinzorga to'g'ri keladigan meneral va mahalliy o'g'it. Bu ko'rsatkich yerning iqtisodiy unimdorlik darajasiga ta'sir etish ko'lamini o'zida ifoda etadi; Yer fondida ekin maydonlari hissasini ko'paytirish. Bu ko'rsatkich yerdan qay darajada foydalanilayotganligini ko'rsatadi; Sug'orilib dehqonchilik qilinadigan erlarning umumiy yer maydoniga nisbati. Bu ko'rsatkich tuproqning iqtisodiy unumdorligi o'sish darajasini ifodalaydi. Bir gektar yer maydoniga to'gri kelgan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va joriy ishlab chiqarish xarajatlari (amartizatsiyadan tashqari) : If-Is Id=-- Ye Bunda: Id- intensivlik darajasi, If- asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati, Is- joriy ishlab chiqarish sarfi, Ye- yer maydoni Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish samaradorligini oshirish yo'llari quyidagilar: a).qishloq xo'jaligida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish; b).qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda investitsiya va kapital qo'yilmalarning o'sishi; v).qishloq xo'jaligi moddiy texnika bazasini mustahkamlash. g).ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish; d).qishloq xo'jaligini kimyolashtirishni rivojlantirish (mineral o'g'itlar solish va kimyoviy o'simliklarni himoya qilish vositalarni qo'llash) e).qishloq xo'jaligini melioratsiyalash (sug'orish, zaxini qochirish, boshqa ishlarni rivojlantirish) j).qishloq xo'jaligi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish. Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichi: -bir birlik mehnat xarajatlari hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad) hajmi: YaM YaD SD Si=-- yoki -- yoki -- MXar MXar MXar Bu yerda: MHar - mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan mehnat xarajatlari, kishisoat; -bir so'mlik asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlari hisobiga olingan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad): YaM YaD SD Si=-- yoki -- yoki -- AsF+AyF AsF+AyF AsF+AyF Bu yerda: AsF - asosiy ishlab chiqarish vositalari iymati, ming so'm; AyF - aylanma fondlar qiymati, ming so'm. ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
27.9 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
27.9 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: ppt