N.R.Rahmonov Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent TMZlar hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash. 2. Materiallarning kirimini va chiqimini buxgalteriyada hisobga olish. 3. Tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar va uni hisobga olishning vazifalari, tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi. 4. Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi, tayyor mahsulotni eo'natishni hamda sotish xarajatlarini hisobga olish. 5. Tayyor mahsulotni sotishning analitik va sintetik hisobi. Tovar-moddiy zaxira(TMZ)larni hisobga olish Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan Inqirozga qarshi kompleks chora-tadbirlar tizi-mida «. . . qatiy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamayti-rishni rag'batlantirish hisobi-dan korxonalarning raqobatbar-doshligini oshirish» muhim vazifa etib belgilandi Qishloq xo'jalik korxonalarida mablag'larni, xususan joriy aktivlarni hisobga olish va nazorat qilish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish raqobatbardoshlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy aktivlarning katta qismini esa tovar-moddiy zaxiralar tashkil etib, ularni turkumlash, hisobga olish va nazorat jarayonining sermehnatligiga va murakkabligiga sabab bo'ladi. Shuningdek, tovar-moddiy zaxiralar nisbatan yuqori likvidli aktiv hisoblanib, ular ustidan aniq, tezkor hisob va samarali nazorat o'rnatish hamda boshqaruvni hisob axborotlari bilan ta'minlashi lozim bo'ladi. Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - moddiy boyliklarning harakatini o'z vaqtida va to'g'ri hujjatlashtirish; - moddiy boyliklar saqlanishini, ularning saqlanish joylari va moddiy javobgar shaxslar bo'yicha hisobga olishni muntazam nazorat qilish; - mablag'lardan qatiy maqsadga ko'ra va belgilangan me'yorlarga muvofiq foydalanishni doimiy nazorat qilish; - tasdiqlangan normativlarga muvofiq tovar-moddiy zaxiralarining mavjudligini nazorat qilish; - tugallanmagan ishlab chiqarish, ish va xizmatlar uchun sarflarni joriy hisobda to'g'ri hisobga olishni hamda hisobot (balans)da holisona aks ettirishni ta'minlash; - buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini va zaxiralarning saqlanish joylaridagi haqiqiy qoldiqlarini inventarizatsiya qilish orqali vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish. Mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlarni hamda boshqa manbalarni o'rganish asosida tovar-moddiy zaxiralar quyidagicha ta'riflanadi : Tovar-moddiy zaxiralar - bu kapital doiraviy aylanishining birinchi bosqichidagi moddiy aktivlar, yani hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan va o'zlarining natural-moddiy shaklini to'liq saqlab turgan ishlab chiqarish zaxiralari; asosiy podaga o'tkazish yoki sotish maqsadida o'stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari; ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar; sotish uchun mo'ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarishdagi brakdan iborat. 30.03.25 00:49 1-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarni turkumlanishi Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar: a) tashkilotga kelgusida aktiv bilan bog'liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo'lsa; b) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo'lsa; v) ularga bo'lgan mulk huquqi o'tsa. DT KT SO'MMA 1) 1510 6010 1 00 00 2) 1510 6990 50 00 3) 1510 6710 20 00 4) 1010 1510 1 070 00 Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog'liq bo'lgan ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: ppt