Ulgurji savdo - rasmi

Material tavsifi

ULGURJI SAVDO Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi Nizom Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan. Bozor - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda va belgilangan qoidalar bo'yicha savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mo'ljallangan, belgilangan tartibda ana shunday maqom olgan doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatadigan mulkiy kompleks; ULGURJI SAVDO - tijorat maqsadlarida yoki o'z ishlab chiqarish-xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish; ChAKANA SAVDO - savdo sohasida yakuniy istemol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko'p bo'lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish; ULGURJI SAVDONI AMALGA OShIRISh TARTIBI Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar, faqat ular tegishli litsenziya olgan taqdirda, shug'ullanishlari mumkin. Tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida va o'zaro hisob-kitoblarning naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalardan to'lovlarni qabul qilish bo'yicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda ulgurji sotilishi mumkin. Bunda, hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida Respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorigacha naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi. O'zbekistonda 2019 yildan boshlab ulgurji savdo bilan shug'ullanish uchun litsenziya talab qilinmaydi. Bundan tashqari ulgurji savdo bilan shug'ullanadigan korxonalar maxsus soliqqa tortilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoevning savdoni erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish bo'yicha farmonida keltirilgan Yangi farmon bilan aktsiz solig'i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o'simlik moyi va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlarning hisobini yuritishning maxsus tartibi ham bekor qilinadi. Bundan tashqari, 2019 yildan boshlab ko'chma savdoni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish ham shart bo'lmaydi. Davlat korxonalari uchun mahsulot sotib olayotganida haqining 15 foizini oldindan to'lash talabi ham bekor qilinadi. Ulgurji savdoga litsenziyaning bekor qilinishi ushbu cheklovlarga o'rin qoldirmadi. Shu sababli Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 8 martdagi 201-son qarori bilan bir qator qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritdi. Yuridik shaxslarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulga sotishga ruxsat berildi. Naqd hisob-kitob qilish sharti - taraflar o'rtasida shartnoma tuzilgan bo'lishi, bitta shartnoma doirasida qabul qilinadigan summa 100 EKIHdan kam bo'lishi kerak, NKM cheki albatta rasmiylashtiriladi, pullar esa inkassatsiya qilinadi yoki bankka mustaqil ravishda topshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 9.03.2019 yildan kuchga kirdi. Xarajat qanchaligi muhim emas ,muhimi daromad yetarli bo'lsa bas. Thanks for attention ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.68 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.68 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga