Agrosanoat majmui (ASM) - qishloq xo'jaligini rivojlantirish bilan, uning ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va qishloq xo'jalik mahsulotlarini iste'molchiga yetkazib berish bilan bog'langan xalq xo'jaligi tarmoqlarining to'plamidan iboratdir. Uning faoliyati minimal xarajatlar hisobi mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan to'laroq qondirishga qaratilgan. Agrosanoat majmuining asosiy ijtimoiy - iqtisodiy maqsadi quyidagilardan iborat: Mamlakatning oziq-ovqat muammosini hal qilish va unga bo'lgan istemolni ilmiy asoslangan me'yorlarga yaqinlashtirish; Aholini qishloq xo'jalik xom - ashyosidan tayyorlanadigan oziq-ovqat bo'lmagan tovarlarga bo'lgan talabini qondirish; Agrosanoat majmui korxonalarini rivojlantirishning intensiv shakliga o'tkazish va shu asosda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni o'stirishni ta'minlash; Barcha tarmoq va korxonalarda mavjud resurslar potentsialidan foydalanishni yaxshilash va shu asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; Tashqi savdo oboroti strukturasini, oziq-ovqat mahsulotlarini ko'proq chetga chiqarish hisobiga o'zgartirish. Agrosanoat majmui tarmoqlari o'rtasida ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar. Agrosanoat ishlab chiqarishida beshta o'zaro aloqador bo'lgan bosqich belgilanadi: Agrosanoat majmuining barcha tizimi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish; Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi; Qishloq xo'jaligi xom-ashyosidan tayyorlanadigan istemol buyumlarini ishlab chiqarish; Tezkor ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishlab chiqarish-texnikaviy va texnologik xizmat ko'rsatish; Pirovard mahsulotni sotish. Ko'p tarmoqli ishlab chiqarish tizimining samarali faoliyati asosan quyidagi ikki omilga bog'liq: Resurslar bo'yicha, rivojlanish surati bo'yicha, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo'yicha tarmoqlarning muvofiqlashuviga (moslashuviga); Pirovard natijani maqsad qilib qo'ygan har bir zvenoning faoliyatiga. ASM iqtisodiy samaradorligi: PM MUASM= --; XS PM SASM = -- ; ICh X PM FQ = -- AICh F Bu yerda MUASM -Mehnat unumdorligi, so'm SASM - Samaradorlik, so'm FQ - Fond qaytimi, so'm PM - Pirovard mahsulot, ming so'm XS - O'rtacha yillik xodimlar soni, kishi ICh X -Ishlab chiqarishg xarajatlari, ming so'm AICh X- Asosiy ishlab chiqarish fondlari, ming so'm ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 12:16:14
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 12:16 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:33 ]
Arxiv ichida: ppt