Audit (slayd taqdimot)

Audit (slayd taqdimot)

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Audit (slayd taqdimot) - rasmi

Material tavsifi

A u d i t i.f.n., dotsent N.R.Raxmonov Audit va auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari haqida; Auditning turkumlanishi; O'zbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga solish tizimi; Auditorlik tekshiruvlari haqida tushuncha; Majburiy auditorlik tekshiruvi; Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi; Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi; Auditorlik tashkilotning professional xizmatlari; 9-mavzu: Auditorlik faoliyatining mohiyati va uning huquqiy-me'yoriy asoslari, auditni rejalashtirish va tashkil etish Audit tushunchasi lotincha bo'lib, Auditing - aynan tarjimasi u eshitayapti, eshituvchi degan manolarni bildiradi. Auditor (lot. «auditor» - tinglovchi, o'quvchi) - xo'jalik yurituvchi subyektning belgilangan davrdagi moliya-xo'jalik faoliyatini tekshiruvchi shaxs - Sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi. Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari - bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi. - Bu bosqichda muomala(operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yuritiladi. Tasdiqlovchi audit Maqsadli sistemali audit Tavakkalchilikka asoslangan audit Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish va ushbu qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko'rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Auditor - auditor malaka sertifikatiga ega bo'lgan jismoniy shaxsdir. Auditor yordamchisi - auditor malaka sertifikatiga ega bo'lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo'lmagan tarzda auditorning topshirig'iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir. Auditorlik tashkiloti - auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxs. A U D I T N I N G T U R K UM L A N I Sh I I. O'zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O'zBAMA) - buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo'yicha maslahatchilarning Respublika jamoat tashkiloti bo'lib, o'z a'zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki professional tamoyillar bo'yicha birlashtiradi. II. O'zbekiston Auditorlar Palatasi (O'AP) - malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. O'APning asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashga yordam ko'rsatish, o'z a'zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar bo'yicha barcha o'zgarishlar to'g'risidagi va axborot ta'minoti bo'yicha aloqa o'rnatishdan iborat. Auditorlik faoliyati Buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo'jalik faoliyatining boshqa masalalari bo'yicha konsalting xizmati Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusiga ko'ra o'tkaziladigan auditorlik tekshiruvi Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o'tkazish Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi Moliyaviy hisobotni tuzish Buxgalteriya xizmatini yo'lga qo'yish, qayta tiklash va yuritish Auditorlik faoliyati milliy standartlarida ko'zda tutilgan boshqa professional xizmatlar Majburiy audit Auditorlik tashkilotining professional xizmatlari Auditorlik tekshiruvi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga