Zamonaviy iqtisodiyotda tadbirkorlik tamoyillari Tadbirkorlik - ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat, kapitalni birlashtiruvchi, bilim, tashabbuskorlik va tavakkalchilik asosida daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning maxsus omilidir. Elektron marketing - marketing faoliyatini internet, axborot texnologiyalari va telekommunikatsion tizimlar orqali amalga oshirilishidir. Elektron marketing keng manoda - internet marketing, web marketing, online marketing yoki digital marketing, deb ham ataladi. Bu zamonaviy elektron marketingning samarali vositalaridan biri sanalgan ijtimoiy media marketing bilan bog'liqdir. Ijtimoiy media marketing (Social Media Marketing) - marketing faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar, mavzuli blok hamda foto va video portallar yordamida amalga oshirilishidir. Media internet reklamasida hatto bannerli ko'rlik iborasi bor: bunda odam web sahifaga kiradi-yu, uning miyasi shu sahifaning bazi bir maydonchalarini qabul qilishga qarshilik qiladi, chunki web sahifaning ayni shu joylarida, odatda, bannerlar (reklamalar) joylashadi. Natijada bularning hammasi reklamaning samaradorligida aks etadi. Internet marketing - Internet tarmog'i muhitida marketingni shakllantirish nazariyasi va usullarini o'z ichiga oladi. Eng muhimi shundaki, bu o'rinda marketingning ajralmas qismi hisoblangan reklama iste'molchilarni jalb etish usuligina bo'lib qolmay, balki bo'lajak xaridorlar bilan bevosita aloqa o'rnatish imkonini maksimal darajada osonlashtiradi. Aynan shuning uchun ham, reklamaning faqat bir turi - internet reklamalaridan foydalanishning o'zi etarli bo'ladi. Internet reklama - an'anaviy reklama usullardan farqli ravishda quyidagi afzalliklarga ega: namoyishlar soni va vaqti chegaralanmagan; reklama bannerini ishlab chiqish yoki o'zgartirish vaqti nisbatan qisqa; istalgan badiiy va audiovizual elementlardan foydalanish; tayyor bannerlarni joylashtirish uchun qo'shimcha vaqt va mablag' talab etilmaydi; tanlangan iste'molchilar guruhiga murajaat qilish; reklama ta'sirini tez va aniq baholash; bir vaqtning o'zida ichki va tashqi bozorga chiqish. Inflyatsiya - bu mamlakat ichki bozoriga kelib tushgan tovar va xizmatlar narxining uzoq muddatli o'sish darajasidir. Kapitalni chetga chiqarish-bu milliy aylanma jarayonidan kapitalning bir qismini chiqarib, boshqa mamlakatlarda turli shaklda ishlab chiqarish jarayoniga kiritish. xalqaro iqtisodiy integratsiya - siyosiy mustaqilligini saqlangani holda umumiy iqtisodiy maqsadlarni ko'zlagan mamlakatlarning birlashishi. ...

Joylangan
24 Mar 2024 | 08:49:30
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
115.46 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Mar 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
115.46 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: pptx