Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari Iqtisodiyot - moddiy va nomoddiy nematlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol qilishni aks ettiruvchi ijtimoiy xo'jalikdir. Mikroiqtisodiyot - iqtisodiyotning alohida subyektlari xatti-harakati, narx va bozorlarni har tomonlama o'rganuvchi iqtisodiyot nazariyasi bo'limi. Makroiqtisodiyot - iqtisodiyotni bir butunligicha yoki kata guruhlarga birlashtirilgan elementlarini o'rganuvchi iqtisodiyot nazariyasi bo'limi. Iqtisodiyot muammosi - jamiyat ega bo'lgan ishlab chiqarish resurslari doimo cheklashgan. Shuningdek, kishilar turli nematlarini yaratish bo'yicha iqtisodiy faoliyatda foydalanuvchi ishlab chiqarish omillari cheklangan. Bu cheklanish jamiyat oldida tanlash muammosi - ehtiyojlarni etarlicha to'liq qondirish uchun ega bo'lgan cheklangan resurslar (ishlab chiqarish omillari) ni qanday idora qilishni qo'yadi. Inson ehtiyojlari - inson uchun zarur bo'lgan barcha moddiy va nomoddiy buyumlarga bo'lgan xohish va istaklari. Ehtiyojlarni o'sib borish qonuni - iqtisodiy qonun bo'lib, unga ko'ra kishilarning ehtiyoji miqdor va sifat jihatidan o'zgaradi, avloddan avlodga o'sib boradi. Resurslar mahsulotni yaratishda foydalanuvchi zarur sharoitlar yig'indisi (yer, kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va boshqalar); jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun mavjud imkoniyatlar. Iqtisodiyotning asosiy masalalari Iqtisodiyot subyektlari - iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari. Iqtisodiyotning subyektli tuzilishi - ko'pgina subyektlar o'rtasidagi munosabatlar tizimi bo'lib, tovar va xizmatlarning harakati, ularning maqsadi, iqtisodiy manfaatlari, tabiati, o'zaro munosabat va tashkil etish shakllarida ifodalanadi. Iqtisodiy munosabatlar Mulkiy munosabatlar Iqtisodiy tizim - kishilarning o'zaro munosabati jarayonida tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, istemol qilish, shuningdek, jamiyat maqsadiga muvofiq shunday faoliyatni tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat turlari yig'indisidir. ...

Joylangan
24 Mar 2024 | 08:49:30
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
310.79 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Mar 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
310.79 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: pptx