Narxni shakllantirishning nazariy asoslari

Narxni shakllantirishning nazariy asoslari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Narxni shakllantirishning nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

1.Narx o'rnatilishining nazariy jihatlari va uning bozor iqtisodiyotida tutgan o'rni 2.Narxning funksiyalari. 3.Narx hosil bo'lish jarayonining uslubiyati va tamoyillari. Narx funksiyasi uning ichki mazmunining tashqi namoyon bo'lish shaklidir. Yetarli darajadagi shartlilikka ega quyidagi narx funksiyalari mavjud: Hisob-kitob(o'lchov); Taqsimlovchi(qayta taqsimlovchi); Rag'batlantiruvchi (nazorat qiluvchi); Talab va taklifni muvozanatlovchi. Hisob-kitob yoki xarajatlarni o'lchash va hisobga olish funksiyasi, u yoki bu mahsulotga muayyan ehtiyojni qondirish jamiyatga necha pulga tushishini ko'rsatadi, narx tovarni tayyorlashga qancha mehnat,xomashyo, material, butlovchi qismlar va boshqalar sarf etilishini o'lchaydi, mehnatdan qanday unumdorlik bilan foydalanilayotganligini tavsiflaydi. Biroq bozor munosabatlari sharoitida bu funksiyani faqat xarajatni o'lchash bilangina bog'lash mumkin emas. Bozor narxi bozor omillari ta'siri ostida xarajatlardan ancha chekinish mumkin. Qilingan xarajatlar to'g'riligini, ularning ijtimoiy ahamiyatini faqat bozorda, ishlab chiqaruvchilar bilan tovar xaridorlarining ular manfaati to'qnashuvi natijasida bevosita aloqasida yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchining manfaati o'z tovarlarini sotishdan ko'p daromad olishda ifodalansa, xaridor minimal xarid narxidan manfaatdordir. Shuning uchun uzil-kesil narx tovar ishlab chiqaruvchisi istagan narxdan farq qilishi mumkin. Narxning taqsimlovchi funksiyasi ko'plab bozor omillari narxning qiymatdan chekinish ehtimoli bilan bog'liq. Narxlar yordamida milliy daromadning iqtisodiyot sohasidagi, mulkchilikning turli shakllari o'rtasidagi, mamlakat hududlari o'rtasidagi, istemol va jamg'arma fondlari o'rtasidagi, va nihoyat aholining turli ijtimoiy guruhlari o'rtasida taqsimlanish va qayta taqsimlanish amalga oshiriladi. Shunday qilib, zeb-ziynat buyumlari va nufuz tovarlariga(zargarlik mahsulotlari, yengil avtomobillar va boshqalar) yuqori chakana narxlar yordamida byudjetdan aholining kam ta'minlangan qatlami ijtimoiy himoyasi maxsus fondini shakllantirish uchun aholining muayyan qismiga pul mablag'larining qayta taqsimlanishi ta'minlanadi. Narxning taqsimlovchi funksiyasida umumdavlat ehtiyojlariga turli darajadagi byudjetga tushuvchi aktsiz narxiga tovarlarning muayyan guruhiga qo'shilgan qiymat solig'i va markazlashtirilgan sof foydaning boshqa shakllari qo'shiladi. Narxning rag'batlantiruvchi funksiyasi. Bu funksiya mohiyati har xil turdagi tovarlar ishlab chiqarilishiga va istemoliga rag'batlantiruvchi yoki tiyib turuvchi ta'sirida namoyon bo'ladi. Narx ishlab chiqaruvchiga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, va bu unda ifodalangan daromad miqdori orqali juda muhimdir. Narx yordamida rag'batlantirish yoki aks ta'sir ko'rsatish mumkin: ilmiy-texnik progress, resurslar sarflanishi tejash, mahsulot sifatiniyaxshilash, ishlab chiqarish va istemol tuzilishini o'zgartirish. Rag'batlantirish narxdagi daromad darajasini, ustamalarni yoki asosiy narxga chegirmalarni oshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ilmiy-texnik progressni narx bilan rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu yangi ilg'or texnikani ishlab chiqish va joriy etishda, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirishda, tovarlar sifatining oshirilishida, mehnat unumdorligiga erishishga, moddiy resurslarni tejashga imkon beruvchi yangi mahsulotlarni o'zlashtirishda ifodalanadi. Talab va taklifni muvozanatlash funksiyasi shunda ifodalanadiki, ishlab chiqarish va istemol, talab va taklif o'rtasidagi aloqa narx orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklif o'rtasidagi muvofiqlikka erishishda tez moslashuvchan vosita vazifasini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 423.15 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 423.15 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga