Mavzu: «har xil turdagi bozorlarda narxning shakllanish xususiyatlari» Reja: 1. Bozor turini aniqlash. 2. Erkin raqobatli bozorda narxning shakllanishi 3.Monopolistik raqobatli bozorda nax shakllanish xususiyatlari 4.Oligopolistik bozorda narx shakllanishi 5.Sof monopolistik bozorda narxning shakllanishi 6. Monopolistik bozorda narxlar diskriminatsiyasi 7.Bozorning raqobat borasidagi tashqi ta'siriga javobi va tovarlarning bozordagi jamlanishi (kontsentratsiyasi) ko'rsatkichlari Bozorning tuzilishi- bu uning asosiy xususiyatlari bo'lib, bularga bozordagi korxonalar soni va kattaligi, ular tomonidan taklif etilayotgan tovarlarning o'xshashlik yoki farq darajasi, bozorga kirish va undan chiqishning oson- qiyinligi, raqobat muhitining borligi, ma'lumot olish oson yoki murakkabligi kabilar kiradi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha bozorlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Iqtisodiy yo'naltirilganlik bo'yicha quyidagi bozorlar farqlanadi: a)tovar va xizmatlar bozori; b)ishlab- chiqarish vositalari; v) xom- ashyo; g) mehnat bozori; d) qimmatli qog'ozlar; e) pul (kapital, valyuta); j) ilmiy- texnikaviy ishlanmalar. 2. Geografik joylashuv bo'yicha : a) mahalliy; b) milliy; v)jahon bozorlari. 3.Ishlab- chiqarish tarmoqlari bo'yicha: a) avtomobillar bozori; b) metallar; v) neft; g) g'alla va boshq. 4.Qonunchilikka rioya qilish darajasi bo'yicha: a) legal (qonuniy) bozor; b) mahfiy (noqonuniy) bozor. 5.Raqobatni cheklash (bozor kontsentratsiyasi) darajasiga qarab qo'yidagi bozorlar ajratib ko'rsatiladi: a)erkin raqobat bozori; b) monopolistik raqobat bozori; v) oligopolik raqobat; g) sof monopoliya bozori. Raqobatning turli ko'rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta'sir ko'rsatadi. Chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbata asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko'ra talab va taklif miqdoriga ta'sir ko'rsata olish imkoniyati tufayli bozordagi raqobatning turli ko'rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A. Marshall hisoblanadi. Uning fikricha tovarning oldi sotdi jarayoniga qadar ikki xil, yani sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo'ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Mukammal raqobatli bozor sharoitida Nanarxning shakllanishi talab va taklifning ta'sirida, so'nggi qo'shilgan naflilik va ishlab chiqrish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va mehnat sarflari yotadi. Agar bozorda quyidagi shart sharoitlar mavjud bo'lganda mukammal raqobat ustun bo'ladi deb hisoblaymiz: Bozor ko'plab sotuvchilar orasidagi raqobatdan tashkil topib, ular standart bir turdagi mahsulotni ko'plab xaridorlarga sotadigan bo'lishsa; Har qaysi firma umumiy ishlab chiqarishda juda katta bo'lmagan daromadga ega bo'lib, bozorda sotishi har qanday davr oralig'ida 1 % dan past bo'lsa; Firmalar o'zlarining raqobatchilarining ishlab chiqarish qarorlariga qiziqmay, ularning sotish hajmiga hech qanday do'q-po'pisa bilan ta'sir etishmasa; Narxlar, texnologiya va ehtimoliy daromad haqidagi ma'lumot erkinligi va olinadigan resurslar ko'chishi vositasida bozor shart sharoitlari o'zgarishiga tezkor javob qaytarish mumkinligining amal qilishi; Bozorga ...

Joylangan
24 Mar 2024 | 08:49:30
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
844.19 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Mar 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
844.19 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: ppt