Narxlarni shakllantirish bo'yicha xorij tajribalari

Narxlarni shakllantirish bo'yicha xorij tajribalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Narxlarni shakllantirish bo'yicha xorij tajribalari - rasmi

Material tavsifi

Narxlarni shakllantirish bo'yicha xorij tajribalari Reja: 1. Chet mamlakatlarda narxlarni belgilash xususiyatlari 2. Avstriya, Gretsiya va Ispaniyada narxlarni shakllantirish 3. Norvegiya, AQSH va Fransiyada narxning shakllanish xususiyatlari 4. Shvetsiya, Yaponiya va Rossiya Fedaratsiyasida narxlarni shakllanish xususiyatlari Chet mamlakatlarda davlat milliy monopoliyalarga yordam beradi, eksport tovarlarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularga past Narxlarni belgilaydi. Ichki bozordagi Narxlarni boshqarish to'g'ri va qo'shimcha uslublardan foydalanish vositasida amalga oshiriladi. Narxlarni boshqarishning to'g'ri uslubiga masalan, narx va oylik ish haqining bir darajada saqlab turish kiradi. Bu uslubdan rivojlangan mamlakatlar hukumatlari 60-70 yillarda pulning qadrsizlanishini to'xtatish maqsadida bir necha marta foydalangan edilar. Biroq, amalda Narx o'sishini ushlab qolish imkoniyati bo'lmadi (sotib olayotgan xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni takomillashtirish hisobiga chiqimlar o'sib bordi), oylik ish haqini bir darajada saqlash esa noroziliklar o'sishiga va ijtimoiy keskinlikka olib keldi. Bunday qatiy choralar yordamida hech bir haqiqiy natijaga erishilmadi, shu sababli undan asta-sekin voz kechildi. Ichki narxlarni to'g'ri uslubda belgilash davlat tomonidan boshqariladi, davlat qishloq xo'jaligi tovarlariga narx belgilashni tartibga solib turadi. Ichki bozordagi narxlarni boshqarish, birinchidan ishlab chiqaruvchilarga malum darajadagi sotish narxlariga kafolat berish yo'li bilan va ikkinchidan, ishlab chiqarish xarajatlariga subsidiya berish vositasida amalga oshiriladi. Chet mamlakatlarda Narxlarga davlat tomonidan ta'sir etish usullari turlicha, chunki bunda ta'sir ko'rsatish milliy iqlim, siyosiy, resurs va boshqa omillarga bog'liq bo'lib, jahon mehnat taqsimotida tegishli mamlakatning mavqeini belgilab beradi. Narxlar antimonopol qonunlarga asosan belgilanadi, tovar va xizmatlarga belgilangan Narxlar sifati bo'yicha javob bera oladi. Chet mamlakatlarda Narxlar asosan raqobat sharoitida shakllanadi. Raqobatning yuqori darajada bo'lishi firmalarni Narxni shakllanish jarayonini nazorat qilishiga imkon bermaydi, Narxlarni bozor nazorat qiladi, yani Narx talab va taklif ta'sirida shakllanadi. Monopoliya va raqobat o'rtasida ratsional nisbat o'rnatish uchun antimonopol qonunlardan foydalaniladi. Dunyoda shunday birinchi hujjat Antitrest qonuni yoki Sherman Qonuni 1890 yilda AQSHda qabul qilinib, raqobat shu qonun orqali davlat himoyasiga olingan edi. AQSHda Narxlarni davlat tomonidan tartibga solishda huquqiy asos bo'lib, antitrest qonunlari hisoblanadi. Narxlarni nazorat qiluvchi organlarga (Narxlar bo'yicha yashirin kelishuv va Narx diskriminatsiyasi bo'yicha harakatlarni nazorat qilish) AQSH Yustitsiya Vazirligining Antitrest boshqarmasi va Federal savdo komissiyasi kiradi. Avstriya. Davlatda narxlar boshqaruvi narxlar haqidagi asosiy qonunlar (1976 yil), kartellar haqidagi qonun(1988 yildi nashr), dempingga qarshi kurash haqidagi qonunlar(1985 yil) asosida amalga oshiriladi. Davlat narxlarning 10 foiz atrofidagi qismini nazorat qiladi(Farmasevtika va davolash preparatlari, elektroenergiya, gaz, issiqlik ta'minoti, qora metallurgiya kabilarda). Parlament tamaki, tamaki mahsulotlari, tuz, pochta yig'imlari hajmi, shuningdek, telefon, telegraf va temiryo'l ta'riflarida narxlarni belgilaydi. Moliya vazirligi spirtli ichimliklarda narxlarni belgilaydi. Gretsiya. Istemol tovar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 160.29 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 160.29 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga