Narx shakllanishining umumiy xususiyatlari va shakllari RYeJA. 1. Bozor (muvozanat) narxini aniqlash. 2. Elastik talabning narx va daromadga bog'liqligi. 3. Bozor narxlarini o'rnatish omillari. 4. Narx o'rnatishning marketing tadqiqotlari bilan o'zaro bog'liqligi. Talab qonuni narx va talab o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradi, narxlar va har bir muayyan narx bo'yicha sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar hamda xizmatlarning miqdori o'rtasidagi bog'liklikni belgilaydi. Boshqa shart - sharoitlar teng bo'lganida, pastroq narx bo'yicha baland narxga qaraganda ko'proq tovarlarni sotish mumkin. Talab hajmi tovarning narxi pasaygani sayin ortadi, yani uning samarali istemol doirasi kengayadi, va aksincha, tovar narxi ortgani sayin talab kamayadi, yani samarali istemol doirasi torayadi. Talabga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillar: 1.Xaridorning didi 2. Xaridorlarning soni 3.iste'molchining daromadi 4.O'rinbosar tovarning narxi 5.Kutilayotgan inflyatsiya Bozor taklifi qonuni narx va tovarning bozordagi taklifi o'rtasidagi, yani ishlab chiqaruvchilar muayyan narx bo'yicha sotishga tayyor bo'lgan tovarning miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradi. Boshqa shartlar teng bo'lganida bozor taklifi malum tovarning narxi oshgani sayin ortadi va uning pasaygani sari tushadi. Taklifga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillar: 1. Resurslar narxi 2.Texnologiyalar 3.Soliqlar va dotatsiyalar 4.Sotuvchilar soni 5.Kutish Bozorda narx hosil bo'lishi jarayonining zarur shartlariga quyidagilar kiradi: 1.Haqiqiy (amaldagi) iqtisodiy mustaqillik, korxonalar (firmalarning)- xo'jalik yurituvchi subyektlar, yani mulkdor sifatidagi bozor agentlarining erkin harakatlanish imkoniyati; 2.Bozorda narxlarning o'rnatilishi, yani narxlarning shakllanishi ishlab chiqarish sohasida (korxonada) emas, balki mahsulotni sotish sohasida- aniq bir bozorda amalga oshiriladi. Bunda tovarlar narxlari ularning mulkdorlari- yani xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan belgilanadi; 3.Bozor, narxlar (kurslar, foiz stavkalarining) talab va taklif muvozanati asosidagi muvozanati. 4.Iqtisodiy taraqqiyot va xo'jalik yurituvchi subyektlarning harakat erkinligini taminlovchi ikki omil- raqobatning mavjudligi va monopolizmning yo'kligi kabi sharoitlar 5.Xo'jalik yurituvchi subyektlarning o'zaro manfaatli shartnomalar, bitimlar, oldi sotti kontraklari orqali amalga oshiriladigan tijoratga asoslangan munosabatlari; 6.Talofat, zarar va boy berilgan daromadlarning o'rnini qoplash va undirishni kafolatlovchi shartnomaviy munosabatlar va boshqa xo'jalik nizolarini qo'llab quvvatlash va huquqiy jihatdan himoyalash; 7.Xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab- chiqarishni mustaqil tashkil qilish, tovarlar (xizmatlarni) bozor narxlarida (narxlarning davlat boshqaruvini hisobga olgan holda) muomalaga kiritish va taqdim etishning davlat tomonidan huquqiy kafolatlanishi, iqtisodiy boshqaruv va tartibga solishni amalga oshirish uchun huquqiy me'yorlarni ishga solish. Bozor sharoitida narx hosil bo'lish (o'rnatilishi) omillari - bu narxlar shakllanishiga asosiy ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy kuch va manfaatlarning o'zaro bog'liq majmuidir. Erkin narx hosil bo'lishi va korxonalarning mustaqilligi sharoitida ular oldida mahsulotga iqtisodiy jihatdan manfaatli narx o'rnatish, o'z korxonasi chiqarayotgan mahsulot narxining darajasi va tarkibi hamda u tomonidan sotib olinayotgan resurslarga ta'sir qiluvchi omillarni hisobga ...

Joylangan
24 Mar 2024 | 08:49:30
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
216.83 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Mar 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
216.83 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: ppt