Davlat narx siyosati Reja: Davlatning narx siyosati. Narx belgilash yig'ma Boshqarmasining vazifalari Narxlar deklaratsiyasini tuzish va tasdiqlash tartibi. Davlatning antimonopol siyosati. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo'mitasining narx siyosatidagi roli va vazifalari. Raqobat bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri deb ta'riflasak ham bo'ladi. Raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchilar doimo xaridorlar yoki iste'molchilarning ehtiyojlarini oldindan bilib, ularning moliyaviy ahvoliga mos mahsulot ishlab chiqarilishini talab qiladi. Bundan bizga malum bo'ladiki, demak raqobat sharoiti ishlab chiqaruvchilarni xaridorlarga bo'ysunishiga olib kelar ekan. Raqobat sharoitida ko'plab xaridorlar bildirgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Raqobat sharoitida xaridorlar shox, ishlab chiqaruvchilar ularning xizmatkoridir. Ammo monopoliyada aksincha jarayon kuzatiladi. Yani endi bozor xaridorlarning xohish istagi emas, balki ishlab chiqaruvchining xohish istagi asosida amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda monopol hukumdor, xaridor unga bo'ysunuvchidir. MONOPOLIYa- tarmoqda asosan bitta firma hukumonlik qilishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukumronlik shakllanadi. Monopoliyalar o'zlarining takliflari umumiy xajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot xajmini sun'iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali barqaror foyda olishi mumkin. Bozor munosabatlari tizimida monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o'rnatiladi Birinchi usulda texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor mavjud bo'lish imkoniyatini yo'qqa chiqaruvchi tabiiy monopoliyalar deb nom oladigan tarmoqlarda davlat narxlarni tartibga soladi va ko'rsatilgan xizmatlar andozalari o'rnatiladi. Transport, aloqa elektr quvvati, ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar malum darajada shunday tartibga solinadi Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko'pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta'minlash sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilishdan iboratdir Aynan mana shu ikki usulni o'zida mujassamlashtirgan davlat tashkiloti tashkil etilgan. Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida eski ma'muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta'minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ov-to'siqlarni bartaraf etish zarurligiga alohida etibor qaratdi Mustaqillik yillarida mamlakatimiz tovar bozorlarida bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga mos ravishda raqobat muhiti shakllandi. Zero, har qanday xo'jalik yurituvchi subyektning raqobat muhitida rivojlanishi iste'molchilarni arzon, sifatli mahsulot bilan ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Sog'lom raqobat muhitining shakllanishi va samarali amal qilishi, uni himoyalash uchun sharoitlarni ta'minlash monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu sohadagi islohotlarni chuqurlashtirib borib, iqtisodiyotning xususiy sektorini jadal rivojlantirishni rag'batlantirish, tabiiy monopoliya korxonalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, bankrot va monopolist korxonalarni qayta tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning bozor tizimini yaratish ...

Joylangan
24 Mar 2024 | 08:49:30
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.89 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Mar 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.89 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:37 ]
Arxiv ichida: ppt