Ishsizlik sabablari xususiyatlari va kamaytirish yo'llari

Ishsizlik sabablari xususiyatlari va kamaytirish yo'llari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ishsizlik sabablari xususiyatlari va kamaytirish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Ishsizlik: sabablari, xususiyatlari va kamaytirish yo'llari Reja: Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar Ishsizlikning kelib chiqish sabablari Ishsizlik va uning turlari Ishsizlikning ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari Mamlakatimiz mehnat qonunchiligida ishsiz shaxs qo'yidagicha ta'riflangan: Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo'lmagan aholi (ishsizlar) - qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to'lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg'ulotga ega bo'lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo'lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo'lmagan shaxslar. Rasmiy ravishda ro'yxatga olingan ishsizlar - 16 yoshdan pensiya bilan ta'minlanish huquqini olish yoshigacha bo'lgan, ish, ish haqi va daromadga ega bo'lmagan, mehnat organlarida ish qidiruvchi, ishlashga, kasb bo'yicha tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o'tishga, malaka oshirishga tayyor shaxs sifatida ro'yxatga olingan shaxslar. Fuqaro ishsiz deb belgilanishi uchun qo'yidagi to'rt shartga javob berishi lozim: ishsiz deb etirof etiladigan shaxs mehnat qilish yoshida, yani 16 yoshdan katta va pensiya bilan ta'minlanish yoshiga yetmagan bo'lishi kerak; fuqaro ish haqiga (mehnat daromadiga) va daromad keltiruvchi ishga ega bo'lmasligi lozim; ish qidiruvchi shaxs o'zi istiqomat qiladigan mahalliy mehnat organlarida ro'yxatdan o'tishi lozim; ishsiz deb etirof etiladigan shaxs mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnat layoqatli fuqaro bo'lishi zarur. AQSHda ishsiz shaxs deb oxirgi bir hafta mobaynida ish bilan band bo'lmagan va so'nggi to'rt hafta ichida ishga joylashish uchun bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta'minlash agentliklariga murojaat qilgan, mehnat layoqatiga ega fuqarolarga aytiladi. Yaponiyada esa so'nggi haftada bir soat ham ishlamagan va ish qidirayotgan, Buyuk Britaniyada oxirgi bir haftada ish bilan band bo'lmagan hamda ish izlayotgan shaxs ishsiz sifatida belgilangan. Ishsizlik tushunchasi turli mamlakatlarda sharhlanishi Ishsizlikning ijobiy jihatlari xodimlarni mehnat unumdorligini oshiradi xodimlarni mehnatga munosabatlarini yaxshilaydi fuqarolar bilim olish va malakalarini oshirib borishga harakat qiladi ish beruvchilarni past ish haqida o'z istaklaridagi xodimni yollash imkoniyatlari Ishsizlikning salbiy jihatlari Iqtisodiy jihatdan ishsizlik ortishi natijasida YaIMning kamayishi (A. Oukenning qonuniga ko'ra ishsizlik darajasining 1 foiz oshishi YaMMni 2,5 foizga kamaytirishi mumkin), hukumatning ishsizlarga qiladigan nafaqa, kasbga tayyorlash, malaka oshirish xarajatlari ortadi, ayrim hollarda mehnat bozorida keraksiz mutaxassislik tayyorlash uchun hukumat va fuqarolarning xarajatlari ortadi, aholi daromadi va turmush darajasi pasayadi; 2. Ijtimoiy jihatdan ishsizlik shaxsning ijtimoiy mavqeini pasaytiradi, uzoq davom etadigan ishsizlik fuqarolarning hukumatga noroziligini uyg'otadi va kuchaytirib boradi, aholi orasida jinoyatchilik ortadi, xodimlarda ertangi kunga ishonch yo'qoladi, ish beruvchilarning xodimlarni rag'batlantirish, mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash tadbirlari sustlashadi; 3. Psixologik jihatdan ishsiz shaxs o'z bilim va ko'nikmalarini yo'qotib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 236.28 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 236.28 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga