Elektron savdo tizimi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Elektron savdo tizimi Reja: Elektron savdo tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi Elektron savdo tizimi uslublarining tasnifi Internet-do'kon xarajatlarining tarkibi Onlayn savdo va onlayn ijara Elektron savdoning oddiy savdo jarayonidan farqli jihatlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin. Xaridorlarni jalb qilish uslublari bo'yicha. Do'konga xaridorlarni jalb qilish uslublari juda katta ahamiyat kasb etadi. Savdoda uning an'anaviy talqinida ushbu jarayon to'rtta bosqichlar bilan tavsiflanishi mumkin: xaridorlarni reklama yordamida jalb etish; bu yerda asosiy omil do'konning joylanishi hisoblanadi; xaridorlarni do'kon vitrinasini v do'konga kirish joyini yaxshi bezash yordamida jalb etish; bu bosqichga katta ahamiyat beriladi; do'konga kirgan xaridorni savdo xonasining ichki bezalishi va uning qulay tashkil etilganligi bilan jalb etish; xaridorga unga kerak bo'lgan tovarni tanlash imkonini berish; u savdo xonasida sotuvchi yordamida o'ziga kerakli tovarni qanchalik oson va tez tanlab olsa, bu xaridor tomonidan aynan shu do'konda keyingi xaridlarni amalga oshirish bo'yicha qarorni qabul qilishga ta'sir ko'rsatadi. Xaridorlarga psixologik ta'sir ko'rsatish vositalari bo'yicha. Elektron savdo tizimida sotuvchilar xaridorlarga psixologik ta'sir ko'rsatish imkoniyatlaridan mahrum. Bu yerda masalan, o'zini yoqimliligi va salobatliligini namoyish etish kabi ta'sirlar yo'qqa chiqadi. Bularning barchasi veb-brauzer ekranining tashqarisida qolib ketadi. Tovar to'g'risida axborotni taqdim etish uslubi bo'yicha. Oddiy savdo jarayonida xaridor tovarni o'zini ko'rib u bilan tanishib oladi. Elektron do'konda esa bunday tanishuv xaridor tomonidan tovar bo'yicha izohli ma'lumot va tegishli tafsilotlarni mukammal o'rganish yo'li bilan amalga oshiriladi. Xaridlarni amalga oshirish uslubi bo'yicha. Elektron do'konda xaridor tovarni sotib olish jarayonida ro'yxatdan o'tadi va Internet orqali buyurtmani rasmiylashtiradi. Shunday qilib, bunda muayyan xatar mavjud, u shundan iboratki, xaridor natijada u buyurtma berganidan ko'ra tubdan farq qilgan yoki u nazarda tutgan sifatdan ko'ra boshqacha sifatdagi tovarni olishi mumkin. Ushbu (katta bo'lmasa ham) xatarni qoplash ehtimoli sifatida Umumjahon tarmog'i orqali realizatsiya qilinayotgan tovarlarning eng jozibali (xaridorlar nuqtai nazaridan - eng arzon) narxlar xizmat qilishi mumkin. Savdoni tashkil etishda xarajatlar darajasi bo'yicha. Elektron do'konlar orqali savdo va xizmatlarni tashkil etish do'kon, ombor va ofislarning binolari hamda turli xil savdo uskunalarini talab etmaydi. Dunyoda umuman savdo xonalariga ega bo'lmagan faqatgina elektron do'konlar orqali mahsulotini sotayotgan ko'plab savdo kompaniyalari faoliyat ko'rsatmoqda. Savdoni shu tarzda tashkil etilishi sotish, reklama va chakana tarmoqni saqlash uchun xarajatlarni qisqartirishga imkon beradi. Tabiiyki, har qanday tovar va xizmatning asosiy tarkibiy unsurlaridan biri hisoblangan xarajatlarning kamayishi narxning pasayishiga olib keladi. Aynan shuning uchun haqiqiy mahsulot chakana shaklda, ammo ulgurji narxlarda (yani an'anaviy savdodan ko'ra 20-30 % ga arzon narxda) sotilishi mumkin. Do'konlarga kirish osonligi bo'yicha. Kerakli tovarni qidirish uchun o'nlab elektron do'konlariga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 181.76 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 181.76 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga