Mavzu: Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy aloqalari. Prezident I.Karimov eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun avvalo, qimmatbaho xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo'shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy sheriklar bilan birgalikda zamonaviy ixcham korxonalar barpo etib, ularni mehnat resurslarining manbalari bo'lmish qishloqqa yaqinlashtirish lozim - deb takidlagani bu boradagi muhim taklif hisoblanadi. 1991 yilning dekabr oyida Belarus, Ukraina va Rossiya Federatsiyasi davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini barpo etish to'g'risidagi bitimni imzoladilar. Bu bitimda Sobiq Ittifoqning xalqaro huquq va geosiyosiy tizim sifatida barham topganligi va MDH tashkil topganligi e'lon qilindi. Belorus, Qozog'iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina MDHga a'zo bo'lib kirdilar. 1992 yilda Armaniston, Moldova, Qirg'iziston va O'zbekiston, 1993 yilda Ozarbayjon MDHga azo bo'ldi. MDH tashkilotiga a'zo mamlakatlar SHANXAY HAMKORLIK tashkilOTI IQTISODIY HAMKORLIK tashkilOTI MARKAZIY OSIYO HAMKORLIGI tashkilOTI Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo - iqtisodiy alohalarni rivojlantirish O'zbekiston uchun qator afzalliklarga ega: Birinchidan, Respublikamiz geografik nuqtai nazardan anklav davlatligidir. Bu O'zbekistonning transport xarajatlari bilan bog'liq muammolarini keltirib chiqaradi va mahsulot tannarhi va uning raqobatbardoshlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo - iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish esa katta transport xarajatlarini talab qilmaydi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyo O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar uchun yirik bozor hisoblanadi. Ichki bozor yetarli darajada to'yinmagan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa O'zbekiston tayyor mahsulotlari raqobatbardosh hisoblanadi. Uchinchidan, mintaqa mamlakatlarida bir turdagi tovarlarni katta miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Pahta, meva, sabzavot, ko'mir, neft, oltin chiqariladi. Mazkur tarmoqlarda mahsulot miqdori va sifatini belgilash bo'yicha kelishuvlarga erishish bu mahsulotlarni qayta ishlash va ularni eksport qilish bo'yicha yagona siyosatni yurgizish, ularning jahon bozoriga birgalikda chiqishiga va bozor konyukturasiga bog'liqligini oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. To'rtinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo - iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boshqa sohalarda ham hamkorlik munosabatlarining faollashuviga olib keladi. Natijada, yirik mablag'lar talab etuvchi ulkan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni birlashtirish imkoniyati yuzaga keladi. E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR! ...

Joylangan
24 Mar 2024 | 08:49:30
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.59 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Mar 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.59 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: ppt