Moliyaviy natijalar tahlilining vazifalari va ularning turlari Reja: 1. Moliyaviy tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o'rni va ahamiyati 2. Moliyaviy tahlilning asosiy talablari va manbalari 3. Buxgalteriya balansi - moliyaviy tahlilning asosiy manbai Moliyaviy tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o'rni va ahamiyati Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes qoidalariga takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo, aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi . XXI asr - dunyo iqtisodiyotining yangicha shakllanish asridir. Bu dunyo insoniyatni, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayotning o'zgarishini, iqtisodiy modellar transformatsiyasini, xalqaro munosabatlarni, globallashuv va yangi Geoiqtisodiy qurilishini shakllanishini anglatadi. Makroko'lamda tahlil fan sifatida shakllanmagan. Lekin bu bilan makroko'lamda tahlil amalga oshirilmaydi degani emas. Uning muhim jihatlari boshqa fanlar (iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, statistika va h.k.) doirasida amalga oshiriladi. Mikroko'lamda esa tahlil oldiga bir qator murakkab vazifalar qo'yiladi va ularni hal etish orqali quyi bo'g'in hisoblangan xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya- xo'jalik faoliyatining tashxisi qo'yiladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o'rganish va tahlil etish orqali ularning samarali faoliyatini yo'lga qo'yish va uni o'stirish imkoniyatlarini baholashda, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o'stirishda foydalanish darajalariga, raqobatdoshlik, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo'jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo'llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlilning asosiy talablari va manbalari Korxonalarning moliyaviy holati bu: - kompleks ravishdagi tushuncha bo'lib, u o'z ichiga keng ko'rsatkichlar tizimini oladi, ular korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi; - korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo'jalik omillarining harakati, ularning o'zaro aloqadorligi natijasidir; - korxonalarning mo''tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa faoliyati uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslar bilan ta'minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir; - korxonalarning boshqa xo'jalik subyektlari, organlari va tashkilotlari bilan o'zaro aloqalarni haqiqiy aks ettirishidir. Korxonalarning ichki va tashqi omillar ta'siri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo'lgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga ta'sir ko'rsatadi. Umuman korxonalarning ishlab chiqarish, xo'jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va mikro iqtisodiyot, menedjment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit, pul muomalasi va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo'lishlari lozim. Ko'rinibturibdiki, moliyaviytahlilko'pqirrali murakkabvamuhimbo'lganligisababliu bir qanchatalablargaasoslanganbo'lishilozim. Yuqoridako'rilgantalablargaasoslanib, moliyaviytahlilkorxonalarningmoliyaviy holatinitahlilqilishdaquyidagivazifalarni bajarishgayo'naltirilishikerak: 1. Korxonalarningmoliyaviydarajasini baholash. 2. Moliyaviyholatningo'zgarishinianiqlash. 3. ...

Joylangan
24 Mar 2024 | 08:49:30
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
443.13 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:44
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Mar 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
443.13 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:44 ]
Arxiv ichida: pdf