Mavzu: Birlashgan Arab Amirliklari Reja: Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodi haqida umumiy tushuncha. Birlashgan Arab Amirliklari qishloq xo'jaligi. Birlashgan Arab Amirliklarida erkin iqtisodiy zonalar(EIZ)ning rivojlanishi. BAA Arabiston yarim orolining sharqida, Fors ko'rfazi va Ummon qo'ltig'ida joylashgan davlat bo'lib, 7ta amirlikdan tashkil topgan federatsiya hisoblanadi: Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Ummul-Qayvan, Al-Fujayra va Ras ul-Xayma. Tub joy aholisi - arablar, aholining 70-75%i boshqa arab mamlakatlari,Hindiston, Pokiston, Eron, Bangladesh, Shri Lanka kabilardan kelganlar. Davlat tili - arab tili. Maydoni - 83,6 ming kv.km. Aholisi - 2,7 mln. kishi (199). Aholining 77,8%i shaharlarda yashaydi. Poytaxti - Abu Dabi shahri. Davlat dini - islom dini. Pul birligi - dirham. Eksporti - neft va neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, alyuminiy, quritilgan baliq, marvarid, tamaki, xom teri, xurmo. Importi - keng istemol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, harbiy texnika, qurilish materiallari va boshqalar. Asosiy savdo sheriklari: Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH, Fransiya, J.Koreya, Italiya, Xitoy. BAA, avvalo Dubay, oltin savdosining jahon markazlaridan biridir. Har yili mamlakat orqali 170-175 tonna oltin o'tadi, shundan qariyb 40 tonnasi BAAda qoladi. Mamlakat taraqqiyoti neft va gazni eksport qilishga asoslangan. Neft sanoatini rivojlantirilishi xorijiy ishchi kuchi sonini ko'payishiga olib kelib, hozirda amirlik a³hlisining 34 qismini tashkil qiladi. Neft va gaz korxonalaridan tashqari o'g'it ishlab chiqarish bo'yicha ham ko'plab korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Fors Ko'rfazi mamlakatlari zamonaviy neft-ximiya sanoatini rivojlantirilishi uchun juda ham qulay joylashgan. Vositalarni noto'g'ri taqsimlanishini, takror ishlab chiqarish va mintaqada mahsulot narxini tushib ketmasligini oldini olish uchun loyihalarni takrorlanmasligiga yo'l qo'ymaslik maqsadida ko'plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bazi bir arab davlatlarida etilen va metanolni tabiiy gazdan olinayotgan paytda, Liviya ushbu mahsulotlarni ligroin(og'ir benzin)dan olmoqda. Neft va gazdan boshqa foydali qazilmalar BAAda cheklangan. Ammo slyuda (shaffof mineral), xrom, gips, mis va marganets konlarining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar bor. Tsement zavodlari uchun xomashyo etarli darajada. Haydaladigan erlarning cheklanganligi va suvning yetishmasligi sharoitida qishloq xo'jaligini rivojlantirish juda ham qaltis bo'lar edi. Ko'pchilikning fikri ko'ra, neft va gaz eksportidan olinayotgan daromadning bir qismini xorijdan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olinishiga sarflanishi oqilona bo'lar edi. Shunga qaramay rahbariyatning tavakkalchiligi va uzoqni ko'ra bilishi o'zini oqladi. BAA bozori atrofdagi yer maydonlari va polizlarda etishtirilayotgan meva va sabzavotlar bilan to'lib toshdi, konserva sanoati xomashyo bilan ta'minlandi va hatto etishtirilgan mahsulotlarning bir qismi qo'shni mamlakatlarga va Yevropaga ham eksport qilinmoqda. Mamlakatning barcha qirg'oq erlarida baliqchilik va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash rivojlangan. BAA tutiladigan narsalar miqdori bo'yicha arab dunyosida 4-o'rinda, Ko'rfaz mamlakatlari orasida 2-o'rinda turadi. Bir paytning o'zida tutilgan narsalar xajmi yildan yilga o'smoqda, ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.4 KB
Ko'rishlar soni
337 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.4 KB
Ko'rishlar soni
337 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:33 ]
Arxiv ichida: docx