AD - AS modeli - rasmi

Material tavsifi

AD - AS modeli Reja: AD-AS modeliga umumiy tavsif. Yalpi talab tushunchasi va grafigi. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari. Yalpi taklif grafigi va omillari. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat. 1. AD-AS modeliga umumiy tavsif. YAlpi talab tushunchasi va grafigi. Xar qanday bozorda vaziyat talab va taklif o'rtasidagi nisbatga bog'liq bo'lib, ular xajmlarining o'zgarishi baholarning o'zgarishini keltirib chikaradi. baholarning o'zgarishi esa talab va taklif xajmlariga ta'sir ko'rsatadi. Bunday o'zaro bog'liqlik umumlashtirilgan holda ko'rib chikiladigan milliy bozorga xam ta'luklidir. alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog'liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko'lamda milliy ishlab chiqarish xajmining o'zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o'zgarishi o'rtasida bog'liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish xajmi ayrim davrlarda barqaror o'sishi, ba'zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo'lmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish xajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o'zgarishining oqibatlarini o'rganish uchun bazaviy model bo'lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. YAlpi talab - uy xo'jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma'lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy xajmiga bo'lgan talabidir. YOki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy xarajatlar yig'indisidir. Formula ko'rinishida yalpi talabni kuyidagicha tasvirlash mumkin: AD = S + I + G + Xn. baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot xajmi o'rtasidagi bog'liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizigi deb ataladi. Buni chizma ko'rinishida tasvirlash mumkin (9-chizma). 9-chizmadan ko'rinib turibdiki, yalpi talab egri chizigi doimo pastga va o'ngga suriladi. Nima uchun? Bunday surilishning sababi har xil. Ma'lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o'rinbosar tovarlar sabab bo'ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste'molchilarning pul daromadlari ko'prok mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). SHuningdek, baho pasayganda iste'molchi ushbu tovarni ko'prok boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonrok bo'ladi (o'rnini bosadigan tovarlar). P bahodan boshqa omillar ta'siri AD1 AD baho omillarining ta'siri Y 9-chizma. YAlpi talab egri chizigi Milliy bozorda AD-egri chizigining traektoriyasini, ya'ni uning kuyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izoxlash mumkin: M V=Y P Bu yerda: M - muomaladagi pul miqdori; V - pulning aylanish tezligi; R - iqtisodiyotdagi baholar darajasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.3 KB
Ko'rishlar soni 344 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.3 KB
Ko'rishlar soni 344 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga