Adam Smit qiymatning mehnat nazariyasi

Adam Smit qiymatning mehnat nazariyasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Adam Smit qiymatning mehnat nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Smitning qiymatning mehnat nazariyasi A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g'oya yotadiki, unga ko'ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo'ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo'jaligidagina samarali bo'ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalari ) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o'z tadqiqotlarining boshlang'ich punkti deb qabul qildi. A.Smit o'z tadqiqotida nina-to'g'nog'ich manufakturasidagi ko'pchilikka malum bo'lgan mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u yerdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini ko'p marta oshirish imkonini berdi. Mehnat taqsimoti bo'lmagan holatda har bir ishchi o'rtacha 20 ta to'g'nog'ich yasashi mumkin ekan. O'n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti o'rnatiladi: biri simni tortadi, 2-si to'g'rilaydi, 3-si kesadi, 4-si uchini o'tkirlaydi va hokozo. Bu kuniga 4800 ta to'g'nog'ich yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat taqsimotining ahamiyati to'g'risidagi bu misol klassik bo'lib ketgan va hamma yerda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi: 1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va mohirligi oshadi; 2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o'tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi); 3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug'diradi, yani takrorlanadigan jarayonlar mashina qo'llashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi. Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to'g'ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot istemoli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan shug'ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo'lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog'liqdir. A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil operatsiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon bo'lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat o'rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko'rsatkichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatiddir. Faylasuf aravakashdan tug'ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng bo'lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo'ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar cheklangan bo'ladi va mehnat unumdorligining o'sishi ham qiyinlashadi. A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga nisbatan ancha chuqur va to'laroq ishlab chiqdi (shuni takidlab o'tish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.79 KB
Ko'rishlar soni 445 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.79 KB
Ko'rishlar soni 445 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga