Adam Smit va hozirgi zamon

Adam Smit va hozirgi zamon

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Adam Smit va hozirgi zamon - rasmi

Material tavsifi

A. Smit Va Hozirgi Zamon A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta etibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta'minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo'lishi mumkin degan fikri ham bor, yani bu bazi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat sektorining samarasizligini ko'rsatib, «hukumat har doim va istiznosiz buyuk isrofgarchidir» deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funksiyasi tan olinadi: 1) huquq -tartibot; 2) mamlakat havfsizligini ta'minlash; 3) jamiyatga zarur bo'lgan (ammo xususiy sektor tomonidan to'zilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni ta'minlash. Umuman to'g'ri bo'lgan bu fikrlar, yani davlatning iqtisodiyotga aralishish chegaralari keyingi paytda qayta ko'rib chiqilmoqda. U tsex tartib-qoidalari, eskirgan qonunlar, korporatsiyalar va savdo monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, yani hamma uchun bir xil imkoniyatni yokladi. Hodisalarning stixiyali borishini va raqobatni har qanday cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta sekinlashtiradi. Ammo Smit davlatning ayrim funksiyalarini ijobiy baholadi, masalan, mamlakat ichki tartibini saqlash, tashqi harbiy xavf-xatardan asrashni xo'jalik rivojining zaruriy shartlari deb hisobladi. Davlat moliyaviy faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan. Smit o'z asarining beshinchi, oxirgi kitobini davlat byudjeti va davlat qarzlariga bag'ishlagan. U faqat butun jamiyat manfaatlariga mos keladigan davlat xarajatlarinigina qo'llab-quvvatladi, «arzon davlat» tezisini ilgari surdi. Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini yaratdi. Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va olinish vaqti esa to'lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g'oyalarga to'la amal qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, yani yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi chiqdi. Yer rentasi davlat solig'i qo'yiladigan eng qulay obyektdir. Smit foydadan olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi foydani saqlash uchun o'z mahsulotiga yuqori baho quyish bilan soliq og'irligini iste'molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to'laydi, chunki tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak. Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday cheklashlarga qarshi edi. Olimning siyosati feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo'ldi. Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko'rsatib bergan edi: 1) mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo'lishi va saqlanishi; 2) me'yordagi yengil soliqlar tizimi; 3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi. Bu qoidalar bizning mamlakat xo'jaligiga ham bevosita oid fikrlar hisoblanadi. A.Smit erkin savdo (ing. «free trade») konsepsiyasini ilgari surdi (Fritrederlik). xalqaro tashqi savdoda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.89 KB
Ko'rishlar soni 582 marta
Ko'chirishlar soni 120 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.89 KB
Ko'rishlar soni 582 marta
Ko'chirishlar soni 120 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga