AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat

AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat - rasmi

Material tavsifi

AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat. Makroiqtisodiy muvozanat buzilishining jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishiga ta'siri. AD va AS egri chiziqlarining kuesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo'lishi kerak. Modlelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko'rib chiqamiz (11-chizma). Dastlab muvozanat e nuqtasida o'rnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini bildirishini ko'rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz. R AS Pe e P1 AD Y Y 1 Y e Y 2 11-chizma. Yalpi taklif egri chizig'ining oraliq kesmasidagi muvozanat Baholar darajasi P1 bo'lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y 1 miqdoridan oshirmaydi. iste'molchilar baholar darajasi P1 bo'lganda mahsulotlarni Y 2 darajada sotib olishga tayyor turadi. ADAS bo'lganligi tufayli iste'molchilar o'rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko'tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y 1 dan Y e gacha oshirishga va iste'molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir. 12-chizmada yalpi talab egri chizig'i yalpi taklif egri chizig'ini bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o'zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz. R AD Pe AS 0 Y2 Ye Y1 Y 12-chizma. Yalpi taklif egri chizig'ining keyns kesmasidagi muvozanati Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda AD ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.99 KB
Ko'rishlar soni 457 marta
Ko'chirishlar soni 70 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.99 KB
Ko'rishlar soni 457 marta
Ko'chirishlar soni 70 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga