Agrar munosabatlar va agrobiznes. R e j a Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. Yer rentasi va uning turlari. Yerni baholash. Agrobiznes va uning turlari. A D A B I Yo T L A R Karimov I.A.- O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li. Toshkent. «O'zbekiston» 1993. Karimov I.A.- O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. Toshkent «O'zbekiston» 1995. Ekonomika.8-e izd., prererab. i dopolnennoe. - Pod red. A.S. Bulatova. -M.: Ekonomist, 2005. - 224 s. Ekonomicheskaya teoriya. - Izd. ispr. i dop. Pod obsh. red. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. - M.: INFRA-M, 2005. - 322 s. Ekonomicheskaya teoriya. Pod. red. A.G.Gryaznovoy, T.V.Chechelovoy - M.: Ekzamen, 2004. - 478 s. Ekonomicheskaya teoriya. Pod red. V.D.Kamaeva. - 10-e izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004. - 265 s. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR. Agrar munosabatlar - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Renta munosabatlari - yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromadni taqsimlash va o'zlashtirish bilan bog'liqlikda vujudga keladigan munosabatlar. differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad. differensial renta I - erlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad. differensial renta II - erlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad. Absolyut renta - qishloq xo'jaligida yerga bo'lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o'rtacha va yomon erlardan olinadigan renta. Monopol renta - alohida tabiiy sharoitga ega bo'lgan, noyob qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtiriladigan erlardan olinadigan renta. Undurma sanoatda renta - foydali qazilma konlarining joylashishi (yer yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi. Agrosanoat majmuasi - qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq xo'jalik tarmoqlarining birligi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi - bevosita qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko'rsatuvchi sohalar. Ijtimoiy infratuzilma - odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan sohalar. Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarini rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrobiznes - tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq sohalardagi namoyon bo'lish shakli. AGRAR MUNOSABATLAR VA ULARNING BOZOR TIZIMIDAGI XUSUSIYaTLARI. Agrar iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishini o'zida aks ettiruvchi umumiqtisodiyot nazariyasining uzviy qismi bo'lib, u agrar munosabatlar yordamida namoyon bo'ladi. Agrar munosabatlar - yer bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardir. Bu munosabatlarning mazmuni yerni o'zlashtirish va undan samarali foydalanish orqali kishilarning ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx, doc
Fayl hajmi
204.09 KB
Ko'rishlar soni
464 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:33
Arxiv ichida: docx, doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx, doc
Fayl hajmi
204.09 KB
Ko'rishlar soni
464 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:33 ]
Arxiv ichida: docx, doc