Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlari Qishloq xo'jaligi xalq xo'jaligining muhim bo'g'inidir. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov takidlab o'tgandek, Respublika sanoatining ko'pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to'qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo'jaligi mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o'tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo'jaligigiga bog'liqdir1. Demak, aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo'jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo'ladi. Bu munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil qiladi. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish ko'p jihatdan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Yer rentasi orqali yerga bo'lgan mulkchilik huquqi ro'yobga chiqariladi. O'zbekistonda yer-davlat mulki -umummilliy boylik bo'lganligi sababli yerga bo'lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning malum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo'lgan mulkchilik huquqi ko'zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo'lgan mulkdor amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining yer kodeksida takidlanganidek: Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin1 . Yerdan foydalanish huquqi - bu o'rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo'lishi shart emas. Real xo'jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko'pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar bajaradilar. Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to'liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o'rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo'yicha turlicha yondashuv va qarashlar mavjud. Shu sababga ko'ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo'yicha asosiy va ko'pincha bir -biriga qarama -qarshi bo'lgan nazariyalarga etiborni qaratamiz. Qiymat nazariyasi tarafdorlari rentaning vujudga kelishini qiymat qonuni doirasida tushuntiradi. G'arb iqtisodchilarining hozirgi zamon renta nazariyasida rentaning vujudga kelishini iqtisodiy resurs hisoblangan yerga bo'lgan talab va taklifning harakati hamda muvozanatli narxning hosil bo'lishi orqali tushuntiradi. Bunda rentaning manbai to'g'risidagi qarashlar ham farqlanadi. Birinchi yondashuvga ko'ra -u ishchi mehnati bilan yaratiladi. Boshqasida renta yer mahsuli deb hisoblanadi. Renta vujudga kelishining manbai hoh ishchi mehnati, hoh yer bo'lmasin, oxir oqibatda har ikki holda qiymatning mehnat nazariyasidan to'liq ajralish bo'lmaydi. Har ikki holda ham rentani tushuntirish uchun qo'shimcha miqdor tushunchasidan foydalaniladilar. Shu sababli bu muammo bo'yicha ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.71 KB
Ko'rishlar soni
742 marta
Ko'chirishlar soni
125 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.71 KB
Ko'rishlar soni
742 marta
Ko'chirishlar soni
125 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:33 ]
Arxiv ichida: doc