Agrosanoat integratsiyasi, majmuasi va uning tarkibi

Agrosanoat integratsiyasi, majmuasi va uning tarkibi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Agrosanoat integratsiyasi, majmuasi va uning tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo'jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa tarmoqlar bilan mustahkam bog'liq bo'lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo'jalik xom-ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo'jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg'un rivojlanishiga ham bog'liq bo'ladi. Xuddi ana shu narsa xalq xo'jaligi tizimida agrosanoat majmuasini bitta pirovard natijani ro'yobga chiqarishga bo'ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos bo'ladi. Agrosanoat integrasiyasi - qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrosanoat integrasiyasi ko'p qirrali bo'lib, u g'oyat xilma-xil shakllarda namoyon bo'ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, yani butun mamlakat ko'lamidami, viloyat doirasi yoki korxona darajasidami yuz berishiga bog'liq. Butun mamlakat va mintaqalar ko'lamida agrosanoat integrasiyasi qishloq xo'jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, xalq xo'jaligi oziq-ovqat (tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo'lishi va rivojlanishida ifodalanadi. Agrosanoat majmuasi (ASM) - bu qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi xalq xo'jalik tarmoqlaridir. ASM to'rtta sohani o'z ichiga oladi. Birinchi, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko'rsatish bilan band bo'lgan tarmoqlar; ikkinchi soha - qishloq xo'jaligining o'zi; uchinchi soha - qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchiga yetkazib berishni ta'minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish). Agrosanoat majmuasi tarkibida to'rtinchi soha odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan infratuzilma muhim o'rin tutadi. Bular yo'l-transport xo'jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara ho'jaligi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan sohalarni (uy-joy, madaniy- maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va hokazo) o'z ichiga oladi. Prezidentimiz I. Karimov takidlaganidek: Qishloqni yangilash va qayta qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega1. Shu sababli Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta'minlash Dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Faqat 200 yil davomida qishloqda 2019,8 km suv quvurlari tarmog'i ishga tushirildi, 4002,2 km gaz tarmoqlari qurildi. Mablag' bilan ta'minlanadigan barcha manbalar hisobidan umumiy maydoni 6,97 mln. kv.m. uy-joy binolari foydalanishga topshirildi. Qishloqda 145 qishloq vrachlik punktlari qurildi, 17 ming o'quvchi o'rniga ega bo'lgan umumta'lim maktablari ishga tushirildi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.39 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.39 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga